Azimova Shodiyaxon Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘mir sanoati ikkilamchi resurslari bilan modifikatsiyalangan import o‘rnini bosuvchi litiy surkov moylarini olish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1707.
Ilmiy rahbar: Arslanov Sharafutdin Sultanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: plastik surkov moylarning maqbul tarkiblari va qayta tiklangan ishlatilgan motor moylar hamda to‘ldiruvchi sifatida ko‘mir sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanib ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan motor moylarini namlik, to‘yinmagan uglevodorodlar, oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalashda bentonitning fraksion tarkibi  0,073-0,25 mm va harorat intervali 80-120°S bo‘lgan maqbul rejim aniqlangan; 
litiy surkov moylarining qayta tiklangan ishlatilgan moy hamda bazaviy moyning 30:70 nisbati va  dispers muhitning dispers fazasiga 80:20 nisbatidan tashkil topgan eng maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
to‘ldiruvchi sifatida turli disperslikdagi va 4% konsentratsiyali grafitdan foydalanish orqali litiy surkov moylarining tribotexnik xususiyatlarini oshirishning prinsipial imkoniyati isbotlangan;
shikastlanish sharoiti muddati cheklangan bo‘lganda surkov moylaridan foydalanishda grafit qo‘shimchalarining dispersliligi “metall-moy-metall” uchligi ishqalanishining tribotexnik xususiyatlariga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi, moy uzoq vaqt davomida ishlatiladigan ishqalanish uzellarida esa grafitning mayda dispersli qo‘shimchalari eskirishga qarshi xususiyatlarning yuqori darajada bo‘lishini kafolatlashi aniqlangan;
litiy surkov moylarini ishlab chiqarishning mavjud texnologik sxemasi ko‘ndirma va to‘ldiruvchilarni tayyorlash uchun qo‘shimcha qurilmani qo‘shish bilan modernizatsiyalangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ishlatilgan motor moylarini regeneratsiyalash va ko‘mir sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalanib litiy surkov moylari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dispers muhit sifatida ishlatilgan motor moylari va to‘ldiruvchi sifatida mayda dispersli grafit qo‘llanilgan litiy surkov moylari “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJning burg‘ilash ustuni kronblokining tebratish podshipniklarida moylash uchun amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 6 sentyabrdagi 04-17-5/130-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori ekspluatatsion xususiyatlari tufayli eskirishga chidamlilik oshgan, ishqalanish kamaygan, energiya sarf-harajatlari qisqargan va sezilarli tejamkorlikka erishish imkonini bergan;
ko‘mir sanoati ikkilamchi resurslari bilan modifikatsiyalangan litiy surkov moylari “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJning burg‘ilash ustuni kronblokining tebratish podshipniklarini moylash uchun amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 6 sentyabrdagi 04-17-5/130-son ma’lumotnomasi). Natijada, reologik xususiyatlar ishqalanish zonasiga optimal miqdordagi plastik surkov moyining etib borishini ta’minlagan, ishqanashuvchi qismlarning eskirishi 5-15% ga kamaygan, xizmat muddatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish