Abdullaeva Muxtasar Abdulla qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va Amerika badiiy asarlarida umuminsoniy qadriyatlar va ularning tarjimada qayta yaratilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Fil61. 
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet uli, filologiya fanlari doktori, dotsent; Otajonova Dildor Baxtiyarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va amerika adabiyotidan tarjima qilingan asarlarda insonparvarlikka oid bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi va iboralarning tarjimada berilishi, o‘zbek tilidan ingliz tiliga va, aksincha, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek va amerika adabiyoti misolida mehmondo‘stlik, xalqparvarlik, insoniylik, ezgulik, tenglik, tenghuquqlilik, birdamlik va birodarlik kabi xislatlar umuminsoniy qadriyatlar sifatida har qanday jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning zaruriy mahsuli ekanligi, u muayyan bir davrning ma’naviy mag‘zi hamda jamiyat ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettirishi asoslangan;
tarjimada umuminsoniy qadriyatlarni qayta yaratishda adabiy yondashuv strategiyasi badiiy asarning mazmuni va shaklini hisobga olgan holda tarjima qilish mezonlariga, lingvistik tarjima aniqlik va adekvatlik mezonlariga, germenevtik yondashuv “tushunish” va “talqin qilish” mezonlariga tayanishi isbotlangan;
o‘zbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita rus tili orqali o‘girilgan tarjimalarida mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, xalqparvarlik, birdamlik va birodarlik kabi o‘zbekona xislatlarning qayta yaratilishida ibora, klishe, frazeologik birlik va boshqa xos iboralar orqali berilishi maqsadga muvofiqligi isbotlangan; 
o‘zbek-ingliz va ingliz-o‘zbek tarjima amaliyotida badiiy asar matnning asliyatga monand qayta yaratilishidagi ma’no va mazmun mosligi ba’zi holatlarda qayd etilgan bo‘lsa-da, tarjima matnida o‘girilishi qiyin bo‘lgan leksema va birikmalarning noto‘g‘ri berilishi yoki tushurib qoldirilishi tarjimonning o‘zbek mentalitetini bilmasligi, realiyalarning asl mohiyatini anglamasligi hamda qadriyat sifatida o‘rganilmaganligi tufayli sodir bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va amerika badiiy asarlarida umuminsoniy qadriyatlar hamda ularning tarjimada qayta yaratilishini tadqiq qilish doirasida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:  
o‘zbek va amerika adabiyoti misolida mehmondo‘stlik, xalqparvarlik, insoniylik, ezgulik, tenglik, tenghuquqlilik, birdamlik va birodarlik kabi xislatlar umuminsoniy qadriyatlar sifatida har qanday jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning zaruriy mahsuli ekanligi, u muayyan bir davrning ma’naviy mag‘zi hamda jamiyat ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettirishi hamda tarjimada umuminsoniy qadriyatlarni qayta yaratishda adabiy yondashuv strategiyasi badiiy asarning mazmuni va shaklini hisobga olgan holda tarjima qilish mezonlariga, lingvistik tarjima  aniqlik va adekvatlik mezonlariga, germenevtik yondashuv “tushunish” va “talqin qilish” mezonlariga tayanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatiga berilgan Davlat granti 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tilli) innovatsion imkoniyatlari” doirasida bajarilgan “O‘zbekiston ziyoratgohlari va muqaddas qadamjolari” katalogini tarjima qilishda foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2021 yil 18 oktyabrdagi 077-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqining urf-odatlari va madaniyati o‘zbek madaniyatiga bog‘liq so‘z va iboralarni izoh hamda qo‘shimcha ma’lumotlarini berish bilan birga ularning ingliz tilidagi analoglarini emas, aynan milliy koloritni anglatuvchi so‘zlarni transliteratsiya, transkripsiyasini ham berish orqali o‘girish maqsadga muvofiqligi yuzasidan dalillangan ilmiy yangiligi o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishda samaradorlikka erishishga sabab bo‘lgan; 
o‘zbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita rus tili orqali o‘girilgan tarjimalarida mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, xalqparvarlik, birdamlik va birodarlik kabi o‘zbekona xislatlarning qayta yaratilishida ibora, klishe, frazeologik birlik va boshqa xos iboralar orqali berilishi maqsadga muvofiqligiga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining 585845-EPP-I-2017-I-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: Class” grant loyihasida  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 23 oktyabrdagi 01/10-11-6731-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimada nafaqat so‘zma-so‘z o‘girish, kontekstual tarjima yoki ekvivalentlarini berish orqali amalga oshirilishi loyiha doirasida zarur bo‘lgan muhim yozishmalar, konferensiya materiallar tarjimasining adekvatligiga erishishda muhim o‘rin egallashi ko‘zga tashlangan; 
o‘zbek-ingliz va ingliz-o‘zbek tarjima amaliyotida badiiy asar matnning asliyatga monand qayta yaratilishidagi ma’no va mazmun mosligi ba’zi holatlarda qayd etilgan bo‘lsa-da, tarjima matnida o‘girilishi qiyin bo‘lgan leksema va birikmalarning noto‘g‘ri berilishi yoki tushurib qoldirilishi tarjimonning o‘zbek mentalitetini bilmasligi, realiyalarning asl mohiyatini anglamasligi hamda qadriyat sifatida o‘rganilmaganligi tufayli sodir bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining  2021 yil 18 avgustda efirga  uzatilgan “Mavzu” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarni yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 avgust 02-14-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar umuminsoniy qadriyatlarga oid so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarjimada qayta yaratilishiga oid hamda qiyosiy adabiyotshunoslik borasidagi bilimlari oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish