Xabibullaev Saidaziz Shoxsuvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod bug‘larini samarali tutib qolish va ularning zararli ta’sirini kamaytirish usullarini takomillashtirish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T154.
Ilmiy rahbar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori professor; Yusupov Farxod Maxkamovich,texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` mahsulotlarini saqlash, tashish va uzatish jarayonlarida uglevodorodlarning bug‘larini samarali tutib qolish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yupqa devorli kondensatorni qo‘llash bilan neft` mahsulotlari bug‘larini tutib qolish mexanizmi asosida jarayonning texnologiyasi optimallashtirilgan;
sig‘imlarni to‘ldirishning optimal variantlari va usullarini modellashtirish hamda uglevodorodlarning bug‘lanishini kamaytirish uchun rezervuarlar shakli takomillashtirilgan;
texnologik suyuqlikning to‘kilishi va tomchilashida atmosferadagi tashlanmalarni kamaytirish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
rezervuarlar uchun penopoliuretan pontonlar takomillashtirilgan va ularning o‘lchamlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolardan respublikamizning iqlim sharoitiga mos takomillashgan ponton olish tarkibi va ishlatish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uglevodorod bug‘larini samarali tutib qolish va zararli ta’sirini kamaytirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tga chidamli polimer kompoziyasiyani olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05264. 2016). Natijada penopliuretan pontonlarning yangi turini olish imkonini bergan;
penopoleuretan asosida yaratilgan pontonlar «O‘zbekneftegaz» MXK neft` mahsulotlarini saqlash inshootlariga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» MXK 2017 yil 13 apreldagi 01/13-565-son ma’lumotnomasi). Natijada horijdan olib kelinayotgan pontonlar miqdorini 60%ga kamaytirish imkonini bergan.
yaratilgan yupqa devorli kondensatorning qo‘llanilishi asosida uglevodorod bug‘larini tutib qolish texnologiyasi neft` mahsulotlarini saqlash rezervuarlarida joriy qilingan («Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining 2017 yil 31 oktyabrdagi 03/50-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada pontonlar va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarda uglevodorodlarni saqlashda tirqishlar orqali yo‘qotilishni bartaraf etish hisobiga atrof- muhit muhofazasini ta’minlash imkonini bergan.