Sharipov Farxodjon Fazlitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanitar qurilish buyumlarini olish uchun mexanik faollashtirilgan xomashyo kompozisiyalari asosida keramik massalar tarkibini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2601.
Ilmiy rahbar: Tulyaganova Vasila Sunatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori; Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanitar qurilish buyumlarini olish uchun mexanik faollashtirilgan xomashyo kompozisiyalari asosida keramik massalar tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanitar-kurilish materialini olish uchun kompozisiya tarkibiga kiruvchi Navoyi bentonitining mineralogik tarkibi montmorillonit, kaolinit, gidroslyuda, kvars, al`bit, anortitdan iboratligi aniqlangan;
Qoraqalpoq glaukonitli tuprog‘i tarkibida glaukonit, montmorillonit, gidroslyuda, kaolinit borligi sababli uning o‘tga chidamliligi 11500S, plastikligi 12, pishish intervali 1100S ligi aniqlangan; 
shlikerni mexanik faollashtirishning optimal vaqti hamda mexanofaollashtirishda yirik zarrachalar miqdorining kamayishi Karpilovskiy va Tovarov tenglamalariga mos ravishda sodir bo‘lishi aniqlangan;
mexanik faollashtirilgan xomashyolar asosida sanitar-qurilish keramik kompozisiyalarini pishirish vaqtida yangi kristall fazalar xosil bo‘lish jarayoni intensivlashishi past xaroratda sodir bo‘lishi aniqlangan;
hosil bo‘lgan kristall fazalar ta’sirida materialning keramik-texnologik xossalarini o‘zgarish mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanitar qurilish buyumlarini olish uchun mexanik faollashtirilgan xomashyo kompozisiyalari asosida keramik massalar tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mexanik faollashtirilgan mahalliy mineral xomashyolar asosida sanitar qurilish buyumlari olish uchun ishlab chiqilgan kompozision keramik massaning samarali tarkibi «LAZIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI UYUSHMASI»ning 2022 yil 14 martdagi 05/15-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, mexanik faollashtirilgan mineral xomashyolar asosidagi kompozision keramik massa, sanitar qurilish buyumlarini ishlab chiqarish xomashyo bazasini kengaytirishga va chetdan import qilinadigan xomashyolarni kamaytirish imkonini bergan;
sanitar-qurilish buyumlari olish uchun glaukonitli tuproq, bentonit, kaolin va kvars qumi asosida ishlab chiqilgan keramik kompozision materiallarning maqbul tarkibi «LAZIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI UYUSHMASI»ning 2022 yil 14 martdagi 05/15-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, pishish xaroratini etalonga nisbatan 30 0S ga kamayishi, yonilg‘i energetik resurslarini tejash va tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish