Matkulieva Sevara Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati zararlanishini kompleks davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1241.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kabirova Milyausha Fauzievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Voronej davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali virusli gepatit S bilan og‘rigan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining turli hil shikastlanishlari uchun davolash chora tadbirlari majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit S bilan og‘rigan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavat kasalliklari, so‘lak ajralish tezligi va quyushqoqligi o‘zgarishlari ko‘rsatkichlari asosida stomatologik xolat aniqlangan;
surunkali virusli gepatit S infeksiyasida mikrobiologik ko‘rsatkichlarning miqdor va sifat o‘zgarishlari so‘lak yopishqoqligi ortishiga olib kelishi natijasida og‘iz gigienasi yomonlashuvining rivojlanish xavfi ortishi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasining kuchayishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘ida ikkilamchi immunitet tanqisligiga olib keluvchi immunnoglobulin A antitanachalarining tanqisligi oqibatida patogen mikroflora o‘sish intensivligi ortishi isbotlangan;
surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarning hayot faoliyati sifati, stomatologik va gepatologik parametrlarni yaxshilashga imkon beradigan og‘iz shilliq qavati kasalliklarini davolashning yangi sxemasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatinig patologiyasini erta tashxislash mezonlari asosida :
surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini erta tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/838-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalligini erta tashhislash imkonini bergan;
surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini kompleks davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/839-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalligida kompleks davo rejasini ishlab chiqish imkonini bergan.
Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini erta tashxislash va surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasini kompleks davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomalar asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri 3-bolalar stomatologik klinikasi, Toshkent shahar 7-klinik shifoxona hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 09 dekabrdagi 8n-z/528-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida surunkali virusli gepatit S ning erta tashxisi va kompleks davolash chora tadbirlarini optimizatsiyalashtirish borasida chora tadbirlar yaratish imkonini bergan.