Bekmuratova Zul`fiya Tleumuratovna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “FITTEX uskunasida tibbiyot bintlarini olish texnologiyasini ishlab chiqarish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T572
Ilmiy rahbar: Avazov Komil Raxmatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Esanova Shazoda Mamirovna texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi steril bo‘lmagan tibbiyot bintlarini FITTEX uskunasida olish resurstejamkor qisqartirilgan texnologiyasini ishlab chiqish va texnologik rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
steril bo‘lmagan tibbiyot bintlarini olishning 5 ta o‘timga (qayta o‘rash, ohorlash (tandalash), o‘tkazish (bog‘lash), ohorni yuvish va farmatsevtik korxonasiga jo‘natish) qisqartirilgan yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mavjud xom dokani oqartirish texnologiyasi o‘rniga dastlab xom iplarni oqartirish orqali fizik-kimyoviy xususiyatlari yuqori bo‘lgan ip olish texnologiyasi va maqbul resepti ishlab chiqilgan;
olinayotgan mahsulot sifatini boshqarish imkonini beruvchi omillarga asoslanib, birinchi marta steril bo‘lmagan tibbiyot bintlarini ishlab chiqarish uchun sanoat reglamenti ishlab chiqilgan;
tanda iplarining siljishini kamaytirish uchun steril bo‘lmagan tibbiyot bintini ishlab chiqarishning texnologik parametrlari va ularning ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: FITTEX uskunasida tibbiyot binti ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
5 ta o‘timga qisqartirilgan yangi texnologiya bo‘yicha MTH tomonidan nazarda tutilgan o‘lchamlarda tibbiyot bintini shakllantirish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ("Tibbiyot binti" IAP №05838-2019y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada, 12 ta o‘tim o‘rniga 7 ta texnologik o‘timni qo‘llab tibbiyot bintini olish texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilgan texnologiya “O’ZTOQIMACHILIKSANOAT” uyushmasining (“O’ZTOQIMACHILIK-SANOAT” uyushmasining 2021-yil 30 dekabrdagi 04/25-3581-sonli ma’lumotnomasi) sanoat ishlab chiqarish sharoitlarida, shu jumladan “NUKUSTEXTILE” MChJ, JV “ASKLEPIY-SWIFT” LLC joriy etilgan. Natijada, FITTEX uskunasida qisqartirilgan texnologiya bo‘yicha 5mx5sm, 5mx7sm, 5mx10sm, 5mx14sm o‘lchamdagi yangi ishlab chiqarish jarayonida shakllangan kenglikdagi, qirralari tekis, jarrohlik amaliyotlarida qulay bo‘lgan steril bo‘lmagan paxta tibbiyot bintni olish texnologiyasi va o‘rilish usulini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.