Qilichev Feruzbek To‘ychi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda diniy qadriyatlarning roli», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal322.
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlar doktori, dotsent; Shodimetov Yusuf Shodimetovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs ekologik madaniyatini yuksaltirishda diniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik muammolar kuchaygan davrda shaxs ekologik madaniyatini shakllantiruvchi moddiy-ob’ektiv, sub’ektiv-ma’naviy, tarkibiy-funksional omillar ta’sirida diniy qadriyatlarga xos bo‘lgan individual ekologik faollikka erishish ekodiniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
barqaror ekologik madaniyat strukturalarini shakllantirish shaxs ekologik tafakkuri va faoliyatiga bog‘liq ob’ektiv shart-sharoitlar, shaxs yuksak ma’naviy fazilat va hislatlarga erisha olishning amaliy ta’sir ko‘rsatish usullari hamda gnoseologik-psixologik jihatdan diniy va akseologik jihatdan ma’naviy qadriyatlar uzviyligi falsafiy nuqtai nazardan ochib berilgan;
diniy qadriyatlarning shaxs ekologik madaniyati shakllanishiga differensial-pragmatik, ma’naviy-intellektual tabiiy-geografik ta’siri, muayyan vaqt va makon bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ekodiniy qadriyatlarning statikasi va dinamikasi, ma’naviy manfaatlar xilma-xilligi va o‘zgaruvchanligi tufayli shakllangan dunyoviy va e’tiqodni namoyon etuvchi, irodaviy, birlashtiruvchi diniy komponentlarning aloqadorlik dialektikasi asoslangan;
ekologik madaniyat tarkibida ekodiniy qadriyatlarning vorisiylik va novatorlik asosidagi transformatsiyasi va uning rivojida diniy qadriyatlarning shaxsiy bilim va ijtimoiy bilim vositasida mustahkamlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda diniy qadriyatlarning roli doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy xulosalar, takliflar asosida:
ekologik muammolar kuchaygan davrda shaxs ekologik madaniyatini shakllantiruvchi moddiy-ob’ektiv, sub’ektiv-ma’naviy, tarkibiy-funksional omillar ta’sirida diniy qadriyatlar xos bo‘lgan individual ekologik faollikka erishish ekodiniy qadriyatlar bilan bog‘liqligiga oid ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil mart-aprel oylariga mo‘ljallangan “Biz sog‘lom turmish tarzi tarafdorimiz” aksiyasi dasturi loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-13-23/3156-son ma’lumotnomasi). Natijada Yoshlar agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda yoshlar o‘rtasida ekologik munosabatni sog‘lamlashtirishda diniy ekologik qadriyatlarning ta’sir samadorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tokomillashtirish va yoshlar salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan innovasion g‘oyalarni, dastur hamda loyihalarni yaratishga xizmat qilgan;
barqaror ekologik madaniyat strukturalarini shakllantirish shaxs ekologik tafakkuri va faoliyatiga bog‘liq ob’ektiv shart-sharoitlar, shaxs yuksak ma’naviy fazilat va hislatlarga erisha olishning amaliy ta’sir ko‘rsatish usullari hamda gnoseologik-psixologik jihatdan diniy va akseologik jihatdan ma’naviy qadriyatlar uzviyligi ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslab berilgan ilmiy-falsafiy takliflardan O‘zbekiston Ekologiya partiyasi tomonidan tayyorlangan “Atrof-muxit muhofazasi sohasida davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish”ga yo‘naltirilgan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2022 yil 12 yanvardagi 1/5-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston ekologik partiyasi va uning hududiy tashkilotlaridagi shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirish tizimi bilan bog‘liq muommalarni echish imkonini bergan;
diniy qadriyatlarning shaxs ekologik madaniyati shakllanishiga differensial-pragmatik, ma’naviy-intellektual tabiiy-geografik, ta’siri, muayyan vaqt va makon bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ekodiniy qadriyatlarning statikasi va dinamikasi, ma’naviy manfaatlari xilma-xilligi va o‘zgaruvchanligi tufayli shakllangan dunyoviy va e’tiqodni namoyon etuvchi, irodaviy, birlashtiruvchi diniy komponentlar aloqadorlik dialektikasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 6 dekabrdagi 02/02-1573-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyihani yangi faktik ma’lumotlar bilan boyishi hamda yoshlarda ekologiyaga doir aksiologik munosabatni shakllanishiga amaliy ko‘mak bergan;.
ekologik madaniyat tarkibida ekodiniy qadriyatlarning vorisiylik va novatorlik asosidagi transformatsiyasi va uning rivojida diniy qadriyatlarning shaxsiy bilim va ijtimoiy bilim vositasida mustahkamlanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasiningi 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan: “Atrof muxit muhofazasi sohasida davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga”ga yo‘naltirilgan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologik qo‘mitasining 2021 yil 24 noyabrdagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijalardan insonlarning ekologik madaniyatini shakllantirish, ularning atrof muxitga ixtiyotkorona munosabatda bo‘lishida diniy qadriyatlarning roli ochib berish orqali ekologik xavfsizlikni taminlashda ham muhim ahamiyat kasb etgan.