Sagindikova Nargiza Djubatkanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalar o‘quv faoliyatida mas’uliyatning gender xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi14.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar o‘quv faoliyatida mas’uliyat namoyon bo‘lishini ifodalovchi omillar va gender xususiyatlarining o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar o‘quv faoliyatida mas’uliyatni shakllantirishning odob-axloq, ijtimoiy-psixologik, dinamik, kognitiv, emotsional, motivatsion, refleksiv baholash, regulyatorlik komponentlarini aniqlash yordamida «mas’uliyat tavsifnomasi» ishlab chiqilgan;
talabalar o‘quv faoliyatidagi mas’uliyatni tavsiflovchi e’tiborlilik, nazorat qilish, ijtimoiy va odob-axloq me’yorlariga tayanishi kabi yetakchi omillar aniqlangan;
turli bosqichda ta’lim olayotgan talabalar mas’uliyatining gender xususiyatlarini ta’lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
o‘quv faoliyati motivatsiyalari, o‘zini nazorat qilish, kasbiy-bilish ustanovkalari bo‘yicha talabalar mas’uliyatining maskulinlik, femininlik, androginlik tiplari tafovutlari yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalar o‘quv faoliyatida mas’uliyatning gender xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mas’uliyatni shakllantirishning odob-axloq me’yorlari, ijtimoiy-psixologik: dinamik, kognitiv, emotsional, motivatsion, refleksiv baholash, regulyatorlik komponentlari bo‘yicha takliflari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2017 yil 23 oktyabrdagi 06/604-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mutaxassislar bilan guruhiy va individual ishlashda, ularning ish faoliyatida mas’uliyatni kamol toptirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘quv faoliyatida mas’uliyat xususiyatlari bilan kasbiy bilish statusi darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlikning gender tafovutlari, «Mas’uliyatni namoyon bo‘lishining gender xususiyatlari» tavsifnomasi Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti talabalarini amaliyotga tayyorlash borasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 22 avgustdagi 89-03-1680-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsifnoma va tadqiqot natijalari bo‘lajak mutaxassislarni malakali kadr bo‘lib etishish masalalarini takomillashtirish jarayonida samarali natijaga erishishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida mas’uliyatning gender: maskulinlik, femininlik, androginlik, xususiyatlariga doir ma’lumotlar talaba-yoshlarda ota-onalar, amaliy psixologlar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda yoshlarda mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlarini tanishtirish maqsadida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2017 yil 23 oktyabrdagi 06/604-son ma’lumotnomasi). Natijalar talaba-yoshlarda mustaqil ishlash jarayonida samarali natijalarga erishilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
talabalar o‘quv faoliyatida mas’uliyatni tavsiflovchi e’tiborlilik, nazorat qilish, ijtimoiy odob-axloq me’yorlariga tayanish masalasida ma’naviy va ma’rifiy soatlarda, talabalar turarjoylarida, «Kamolot» YoIH (Yoshlar ittifoqi)ga a’zo yoshlar hamda boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga amaliy psixologik mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazishda joriy etilgan («Kamolot» YoIH (Yoshlar ittifoqi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2017 yil 14 fevraldagi 02-06/94-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni shaklllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda samarali xizmat qilgan.