Najmeddinov Ahmad Rahmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida intensionallik kategoriyasini ifodalovchi vositalarning semantik va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1644.
Ilmiy rahbar: Shahobitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Vositov Valijon Abduvalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida intensionallikni ifoda etuvchi leksik va grammatik vositalarning struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intensionallik va uning nutqda voqelanishi so‘zlovchi/muallifning lisoniy va nutqiy kompetensiyasi, ko‘zlangan maqsadni kontekstda etkazib bera olish usullari va tamoyillari bilan bog‘liqligi, olamning lisoniy tasvirida kommunikativ intensiya adresat tabiatidagi qat’iylik, neytrallik va qat’iyatsizlik darajasini eksplisit va implisit voqelantiruvchi vositalarga boy ekanligi bilan o‘zining ifodaviy vazifasini to‘laqonli bajara olishi isbotlangan;
intensionallikning turli referent-vaziyatlarga oid kognitiv va kommunikativ-pragmatik tarkibi jumla ifodalayotgan axborot tarkibida noverbal ifodalangan ma’noni anglashga yo‘naltirilgan mental faoliyat, adresatning adresant xabar mazmunidagi to‘liq ifodalanmagan ma’noni anglashga ko‘maklashuvchi mental faoliyati aniqlangan;
ingliz tilida to be going + infinitive qurilmasi kelasi zamon – sub’ektning xohish-irodasidan qat’iy nazar yuzaga keladigan ma’lum bir vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan muqarrar harakat yoki hodisaning ko‘rsatkichi sifatida o‘zbek tilidagi ekvivalenti faqat kommunikativ maqsad eksplikatsiyasi uchun qo‘llaniluvchi kelasi zamon maqsad fe’lidan kommunikativ hamda pragmatik jihatdan relyativ ekanligi dalillangan;
milliy madaniyat va qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda ingliz tilida intensionallikning ifodalanishida eksplisit (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ifodalar, o‘zbek tilida esa implisit (yashirin) ifodalar ustuvorlik qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida intensionallik kategoriyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
intensionallik va uning nutqda voqelanishi so‘zlovchi/muallifning lisoniy va nutqiy kompetensiyasi, ko‘zlangan maqsadni kontekstda etkazib bera olish usullari va tamoyillarini yoritishdagi ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 21 apreldagi 875/30.02.01-son ma’umotnomasi). Natijada milliy korpusni yaratish va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)im ishlab chiqishda fonetik, morfologik, leksik, sintaktik vositalarning allomorf va izomorf hususiyatlarini ma’lumotlar bazasiga kiritishda tadqiqot ishi muhimligi aniqlangan;
intensionallikning turli referent-vaziyatlarga oid kognitiv va kommunikativ-pragmatik tarkibi aniqlashga doir ilmiy xulosalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan 561624-EPP-1-UK- EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001- 001- raqamli “Internationalisation and Modernisation of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan - IMEP (O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish) mavzusidagi Erasmus+ capacity building loyihasining Namangan davlat universitetiga tegishli bo‘lgan ish jarayonida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2022 yil 6 yanvardagi 12-04-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish uchun tadqiqotning kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistika, pragmalinvistika sohalari manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida intensionallikni ifodalovchi leksik va grammatik vositalarni aniqlashga va tizimlashga doir ilmiy xulosalardan Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining 2021 yil davomida tomoshabinlarga namoyish etilgan «To‘ylar muborak», «Muqimiy tanovari», «Qo‘ng‘iroq» kabi spektakllarda unumli foydalanilgan (Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining 2022 yil 7 yanvardagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarning saxna ko‘rinishi muloqotlarida ifodalangan intensionallik vositalari namunalaridan bahramand bo‘lishida ilmiylik mezoni ta’minlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida intensionallikni eksplisit ifodalovchi leksik va grammatik vositalarning struktur-semantik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini yoritishdagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston" teleradiokanali DM "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar" muharririyati tomonidan tayyorlangan "Til-millat ko‘zgysi", "Ta’lim va taraqqiyot" nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda (2020-202 Yillar davomida) material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston" teleradiokanalining 2022 yil 12 yanvardagi 04-36-71-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar uchun efir orqali intensionllikning psixologiya, psixolingvistika, tilshunoslik, falsafa kabi sohalar kesishmasida o‘rganib kelinayotgan kategoriya sifatida ongning yo‘nalganlik harakterini belgilovchi maqsad va ehtiyojlarining xususiyatlari taxlil qilindi, reklama matnlari va ma’naviy ma’rifiy teleradio eshittirishlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari, hamda ularning tomoshabinga ta’siri xaqida ma’lumotlar berilgan.