Djamalov O‘tkir Ilxomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya omillaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt849.
Ilmiy maslahatchi: Saidaxmedova Nodira Ilxamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishda va samarali boshqaruvida motivatsiyaviy omillar ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan qaytarish hamda davlat mulkini ijaraga olganda ijara to‘lovlaridan imtiyoz berish taklif etilgan; 
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan va o‘zini o‘zi band qilganlarga zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga uch yildan ortiq vaqtdan buyon hisoblangan soliqlar va bojxona to‘lovlarini muddatida to‘lab kelgan, moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq va boj to‘lovlarini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ishsiz yoshlarni ishga qabul qilish, o‘zini o‘zi band qilganlar hamda soliq va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya omillaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan qaytarish hamda davlat mulkini ijaraga olganda ijara to‘lovlaridan imtiyoz berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 apreldagi PF-6208 “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 28 iyundagi 02/06-01-10/184-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilish 18,4 foizga oshgan va 1200 dan oshiq yoshlar «Yoshlar daftari»dan chiqarilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan va o‘zini o‘zi band qilganlarga zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 apreldagi PF-6208 “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 28 iyundagi 02/06-01-10/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan va o‘zini o‘zi band qilganlarga zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 968,0 mln. so‘m subsidiya ajratilgan.
tadbirkorlik sub’ektlariga uch yildan ortiq vaqtdan buyon hisoblangan soliqlar va bojxona to‘lovlarini muddatida to‘lab kelgan, moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq va boj to‘lovlarini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087 “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 28 iyundagi 02/06-01-10/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, pandemiya davrida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 348,1 mlrd. so‘mlik soliq va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
ishsiz yoshlarni ishga qabul qilish, o‘zini o‘zi band qilganlar hamda soliq va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 28 iyundagi №02/06-01-10/184 ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmi 2025 yilda 41,2 foizga oshishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish