Xaydarov Qambarali Imomalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi kardiojarroxlik operatsiyalarda anesteziya samaradorligining laborator markerlarini diagnostik ahamiyati», 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2155.
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Ne’matjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda anesteziya samaradorlining laboratoriya markerlarini tashxisotini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlarida sevofluran bilan anesteziya o‘tkazish samaradorligi aniqlangan;
tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlarida sevofluran bilan anesteziya o‘tkazish gemodinamik ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini o‘rni asoslangan;
ilk bora anesteziya yordamida yurak jarrohligida yuzaga keladigan gipoksik-ishemik buzilishlarni erta aniqlashda  HIF-1a, IL-1, IL-6, kortizolning laboratoriya markerlarini sifatida qiymati ko‘rsatilgan;
kardiojarrohlik amaliyoti paytida anesteziya o‘tkazilgan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarning holatini  baholash vaturli xil asoratlarni oldini olishda differensial tashxislash va prognostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi kardiojarroxlik operatsiyalarda anesteziya samaradorligining laborator markerlarini diagnostik ahamiyati buyicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bolalardagi kardiojarroxlik operatsiyalarda anesteziya samaradorligining laborator markerlarini diagnostik ahamiyati bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan: «Bolalar kardiojarroxligida anesteziya samaradorligini laborator markerlarini diagnostika usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/1063-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma anesteziya va uning asoratlarini tashxislashni zamonaviy usullari tavsiflangan bo‘lib, ularni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bolalar kardiojarroxligida  anesteziya samaradorligini laborator markerlarini diagnostika usulini baholash ahamiyati  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan Toshkent shaxridagi Milliy bolalar tibbiyot markazi va Samarqand ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi 08-09/6602-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi jarroxlik o‘tkazilayotgan vaqtda va undan keyin, shu bilan birga yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan bolalarda anesteziyaning turli xil asoratlari paydo bo‘lishini nazorat qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish