Jo‘raeva Nargiza Jamolidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab ta’limida sifat menejmentini joriy etishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2443.
Ilmiy rahbar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent viloyati Chirchiq  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab ta’limida sifat menejmentini joriy etishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabi funksional xususiyatlar potensial sifatni bashorat qilish va boshqarish tizimini konseptual-funksional, konseptual-tuzilmaviy, funksional-boshqaruv, diagnostik-tahliliy komponentlarini o‘z ichiga olgan jarayonlarni modellashtirish orqali aniqlashtirilgan; 
maktab menejerlarini ta’lim sifatini samarali boshqarishga tayyorlash o‘quv modulining zamonaviy maktab konsepsiyasi va sifat boshqarishni shakllantirish metodik xususiyatlari vaziyatli, adaptiv, ijtimoiy-marketing, muammoli-yo‘naltiruvchi, dasturiy-maqsadli yondashuvlar asosida ochib berilgan;
maktab ta’limi sifatini boshqarish modelini amalga oshirishda ta’lim menejerlarini jamoa bilan ishlash, vaqtni boshqarish kabi amaliy jihatdan tayyorlash shaxsiy faoliyatni muayyan tartibga solish va kasbiy makonda moslashtirish, yangilash va faollashtirish hamda klassik funksiyalarni amalga oshirish uchun optimal boshqarishga doir mashg‘ulotlar asosida takomillashtirilgan;
maktab ta’limi sifati menejment tamoyillarini, shaxsiy yo‘naltirilgan o‘qitish va tarbiyalashning innovatsion texnologiyalarini ta’lim jarayoniga maqsadli joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab ta’limida sifat menejmentini joriy etishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabi funksional xususiyatlar boshqaruv sub’ektlarini ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish, bashorat qilish va boshqarish tizimini modellashtirish orqali aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan A-1-173-raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining 2022 yil 07 martdagi 07/1-180-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ta’lim menejerlarida boshqaruv jarayoniga qadriyatli yondashuv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkonini bergan;
maktab menejerlarini ta’lim sifatini samarali boshqarishga tayyorlash o‘quv modulining zamonaviy maktab konsepsiyasi va  sifat boshqarishni shakllantirish  metodik xususiyatlari vaziyatli, ijtimoiy-marketing, muammoli-yo‘naltiruvchi yondashuvlarga tayanib ochib berilganligia doir oid ilmiy xulosalar “Maktab ta’limi sifatini boshqarish” O‘quv moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining 2022 yil 07 martdagi 07/1-180-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab menejerlari malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining sifat boshqaruviga doir nazariy bilimlari doirasi boyitish imkonini bergan; 
maktab ta’limi sifatining boshqarish modelini amalga oshirishda ta’lim menejerlarini amaliy jihatdan tayyorlash metodikasi jamoa faoliyatini demokratik boshqarishga, shaxsiy faoliyatini  shaxsiy faoliyatni optimal boshqarishga va vaqtni rejali boshqarishga doir treninglar asosida takomillashtirilganligiga doir  metodik tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘i, 441-004-sonli guvohnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari menejerlarini tayyorlash metodikasi innovatsion metodlar bilan boyitish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish