Ortiqov Nozimjon Boqijon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anor tuplarini to‘liq ochadigan mashina diskli ish organi va tekislagichining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/ T2129.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ongarbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anor tuplarini kam shikastlagan holda to‘liq ochadigan mashinani ishlab chiqish va uning ish organlari parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor tuplarini to‘liq ochadigan mashinaning konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni yarim ochilgan anor tuplarida qolgan tuproq uyumining o‘lchamlari va shakli hisobga olinib ishlab chiqilgan;
anor tuplarini to‘liq ochadigan mashina diskli ish organining parametrlari tuproqning fizik-mexanik xossalari hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
anor tuplarini to‘liq ochadigan mashina tekislagichining parametrlari  tuproq uning ishchi sirtiga yopishib qolmasligi va oldiga uyulmasligi hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
anor tuplarini to‘liq ochadigan mashinaning talablar darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan maqbul qiymatlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anor tuplarini to‘liq ochadigan mashina diskli ish organi va tekislagichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar negizida:
kuzda ko‘milgan va bahorda yarim ochilgan anor tuplarini kam shikastlagan holda to‘liq ochadigan mashinaga Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Anor tuplarini ochadigan mashina”, FAP 01645 - 2020 y.) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 maydagi 02/023-2298-son ma’lumotnomasi). Natijada anor tuplarini to‘liq ochadigan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
anor tuplarini to‘liq ochadigan mashinaning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda Sirdaryo viloyati Guliston va Mirzaobod tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 maydagi 02/023-2298-son ma’lumotnomasi). Natijada anor tuplarini to‘liq ochishda mehnat sarfi 1,4 martaga, ekspluatatsion xarajatlar 1,3 martaga kamaygan;
mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriqlar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 maydagi 02/023-2298-son ma’lumotnomasi). Natijada anor tuplarini to‘liq ochadigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish