Polvanov Rasulbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzning fiziognomik diagnostikasi va undagi plastik operatsiyadan so‘ng psixokorreksiya usullarini takomillashtirish», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1034.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Eshimbetova Saida Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuzning fiziognomik diagnostikasi va undagi plastik operatsiyadan so‘ng psixokorreksiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tashqi qiyofa korreksiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga undovchi omil - shaxsning tibbiy-psixologik statusidagi buzilishlar bo‘lib, ular ichida tashqi qiyofadan qoniqmaslik hissi aksariyat bemorlarda uchrashi va tibbiy yordam sifatini bemor tomonidan baholashda ustuvor belgi bo‘lganligi sababli dismorfofobiya ular ichida eng asosiysi ekanligi isbotlangan;
tashqi qiyofani plastik jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirish amaliyoti natijadorligiga prozopal`giya, senestopatiya, havotirli-fobik, obsessiv-kompul`siv va somatoform buzilishlarning mavjudligi va avjlanishi salbiy ta’sir etishi tufayli ularni dastlabki, engil ko‘rinishda namoyon bo‘lish davrida korreksiya qilishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan;
tashqi qiyofasidan qoniqmaslik hissi mavjud bemorda ratsional psixoterapiyasining qo‘llanilishi tashqi qiyofadagi nuqsonlarni ruhiyatga negativ ta’sirini muvofiqlashtirishi sababli jarrohlik amaliyotidan oldin yuzaga keladigan qo‘rquv, xavotir, vahima, depressiya, dismorfofobiya, va boshqa psixologik buzilishlarni samarali bartaraf etishi va plastik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tishiga asos yaratishi asoslangan;
plastik jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin psixoterapiya yondashuvini qo‘llash mijozdagi psixologik buzilishlarni bartaraf etish bilan birga uni operatsiya va jarrohga ishonchini kuchaytirishi va plastik operatsiyaga ruhan tayyorligi oshishiga olib kelishi tufayli operatsiya natijalari va tashqi ko‘rinishidan qoniqish hissini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuzning fiziognomik diagnostikasi va undagi plastik operatsiyadan so‘ng psixokorreksiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dismorfofobiya fonida rivojlanuvchi xavotirli-fobik sindromning yuzaga kelishida psixopatologik o‘zgarishlar, xavotir va fobiya darajalari ko‘rsatkichlarining korrelyasion tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Vidikor-M videokompyuterli psixodiagnostika metodikasini fiziognomik diagnostikada qo‘llash va psixokorreksiya” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 iyundagi 8n-r/458-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarni psixologik jihatdan o‘rganish, ulardagi psixopatologik buzilishlarni fiziognomik diagnostika va “Vidikor-M” videokompyuterli psixodiagnostika dasturi yordamida baholash hamda psixokorreksiya qilish orqali ulardagi ruhiy barqarorlikni oshirish imkonini bergan.
shaxs tipologiyasini o‘rganish orqali ularda yuzaga chiqayotgan dismorfofobiya fonida rivojlanuvchi xavotirli-fobik sindrom xususiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Plastik jarrohlik yo‘li bilan tashqi qiyofani o‘zgartirishda fiziognomik psixodiagnostika va psixoterapiya” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 maydagi 8n-r/396-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tibbiy psixologiya amaliyotida bemorlarning nafaqat sub’ektiv shikoyatlarini, balki ularning shaxs xususiyatlarini ham inobatga olgan holda tibbiy-psixologik davo samardorligini oshirish imkonini bergan;
fiziognomik diagnostika va dismorfofobiya fonida rivojlanuvchi xavotirli-fobik buzilishlarni shaxs tipologiyasiga bog‘lab o‘rganish va psixoterapevtik yordam ko‘rsatishda Vidikor-M dasturini qo‘llash, plastik jarroh va tibbiy psixolog amaliyotida olib boriladigan tibbiy-psixologik yordam samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari tibbiy-psixologiya amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti va “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-d/302-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tashqi qiyofasini plastik jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirgan bemorlarda prozopal`giya, senestopatiya, xavotirli-fobik, obsessiv-kompul`siv va somatoform buzilishlarni korreksiya qilish imkonini bergan;
tashqi qiyofani o‘zgartirishda fiziognomik diagnostika amaliyotiga Vidikor-M dasturini tadbiq qilish va buning negizida psixoterapevtik yordam samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti va “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi faoliyatiga joriy qilingan (Intellektual mulk konsultativ markazining 2021 yil 7 maydagi №003473-son ma’lumotnomasi). Natijada tashqi qiyofasidan qoniqmaslik hissi mavjud bemorda ratsional psixoterapiya usulini qo‘llash ularda jarrohlik amaliyotidan oldin yuzaga keladigan qo‘rquv, xavotir, vahima, depressiya, dismorfofobiya, va boshqa psixologik buzilishlarni samarali bartaraf etishi va plastik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tishiga imkon bergan.
ayollarda operatsiyadan oldin va keyingi davrlarda dismorfofobiya fonida rivojlanuvchi xavotirli-fobik sindromni aniqlashga qaratilgan ilmiy ish natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti va “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 8n-d/302-son ma’lumotnomasi). Natijada plastik jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin psixoterapiya yondashuvini qo‘llash mijozdagi psixologik buzilishlarni bartaraf etish, uni operatsiya va jarrohga ishonchini kuchaytirishi hamda plastik operatsiyaga ruhan tayyorligi oshishiga olib kelishi tufayli operatsiya natijalari va tashqi ko‘rinishidan qoniqish hissini oshirgan.