Jo‘raev Nodirbek Normuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘kiluvchan materiallar uchun ikki kirimli va to‘lqinsimon yuzali resurstejamkor vintli konveyer konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.02.02 – «Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2095.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Davidboev Baxtiyor Nizomiddinovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayishqoq elementli podshipnik tayanchi bo‘lgan ikki kirimli va to‘lqinsimon yuzali resurstejamkor, vintli konveyerning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasida parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanchlari qayishqoq bo‘lgan ikki kirimli to‘lqinsimon sirtli vintli konveyer vintining vertikal va og‘ma yo‘nalishdagi tebranish qonuniyatlari konveyerning og‘ish burchagi va vertikal yo‘nalishdagi siljishlarini inobatga olgan holda aniqlangan;
ikki kirimli, qayishqoq tayanchli vinti bo‘lgan konveyerning elektr yuritgich mexanik xarakteristikasini, O‘UN li tasmali uzatmasini inersion, bikirlik-dissipativ xususiyatlari hamda texnologik qarshilik, ishqalanish kuchlari momentini inobatga olib, to‘rt massali mashina agregati dinamika masalasi echilgan, massalarning harakat qonunlari aniqlangan;
qarshilik momentlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri vintga ta’sir qilgani uchun uning burchak tezligi qiymatlari mos ravishda shkivning burchak tezligiga nisbatan kamaysa, shkivning burchak tezligiga nisbatan vintning burchak tezligi qiymatlari kattaroq bo‘lganida vintni tashilayotgan mahsulotga ta’siri samarali bo‘lishi aniqlangan;
kompleks tajribalar asosida vint va etaklanuvchi shkiv vallaridagi yuklanish va burchak tezliklarini o‘zgarish qonuniyatlari tayanchlar va tasmali uzatma aylanma bikirlik koeffisientlari, inersiya momentlari va texnologik yuklanishlar bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.To‘kiluvchan materiallar uchun ikki kirimli va to‘lqinsimon yuzali resurstejamkor vintli konveyer konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayishqoq elementli podshipnik tayanchi bo‘lgan ikki kirimli va to‘lqinsimon yuzali vintli konveyerning tajriba nusxasi «Navoiy ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi» da joriy etilgan (Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 23 iyuldagi 02/2993-3979-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan vintli konveyer ish unumi o‘rtacha 12-15 % ga, ishlash davriyligi 1,2-1,5 martaga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ikki kirimli va to‘lqinsimon yuzali resurstejamkor vintli konveyer konstruksiyasi «Navoiy ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi» da joriy etilgan (Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 23 iyuldagi 02/2993-3979-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotni transportirovka qilishda ikki kirimli vintda uzunligi bo‘yicha yuklanishni taqsimlanishi tekislashishi hisobiga hamda podshipniklarni qayishqoq elementlar orqali o‘rnatilgani shovqin deyarli 1,4-1,6 martaga va energiya sarfini 10-15 % ga kamayishiga erishilgan.