Faizova Feruza Shakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XVII asr rossiyalik elchilarning O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari lingvistik manba sifatida”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1286.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxrier Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shaymerdenova Nursulu Jamalbekovna, filologiya fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari matnlarini lingvistik-fonetik, leksik va morfologik mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVII asr rus tez-yozuvida yozilgan Xiva va Buxoro xonliklarining Rossiya bilan munosabatlarini aks ettiruvchi rossiyalik elchilarning hisobotlari matnlarining rus tili tarixi uchun asosiy lingvistik manba ekanligi isbotlangan. 
rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari matnlari asosida rus tilining tarixiy lug‘atlarida qayd etilmagan (yaishnisa, prisilachnie gosudarskie gramoti), rus tarixiy leksikologiyasining nazariy muammolarini ishlab chiqish uchun boy material bo‘lgan rus (sarevich, sar`, knyaz`, gramota, pis`mo, nedelya, v`yuk ) va turkiy (daraga, biy, atalik, yarlik, chalma, ishak, sultan) tillarga oid leksik birliklar ma’nolari asoslangan;
XVII asr rus tez-yozuvida yozilgan rossiyalik elchilarning hisobotlari matnida qayd etilgan rus rasmiy ish yozuvi normalarining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish qiladigan bir xil – unli va undosh harflarni satrda, satr ustida yozish (vishli – otpustili,   shol’ – shol, chom’ - chom) kabi fonetik hodisalari hamda otlarning va sifatlarning grammatik shakllari, kelishik qo‘shimchalari (Ivanko,  Ivashko, Ivashka, iz goroda, v ... godu, pshenichnix xlebov; pshenichniy, xivinskiy, yurgenskogo, buxarskovo, lishnego, kazanskoi streles’, abdadskogo rodstva, prikaznim’ lyudem’), fe’l (otnyali, zaneslo, exati, velish) va sifatdosh shakllari (jivuchi, pomagayuchi, poslan’, poslano, prikazani, pogovorya) kabi morfologik  variantlari  asoslangan;
rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari matnlarida mavjud bo‘lgan rus diplomatik nutq formulyarlari, leksik birliklar tarkibi, shakllari, turg‘un va turg‘un  bo‘lmagan so‘z birikmalari, rasmiy-ish qoliplari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi rus qo‘l-yozma ish hujjatlari, xususan, rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari tahlili ilmiy tadqiqot natijalari bilan bog‘liq:
XVII asr rus tez-yozuvida yozilgan Xiva va Buxoro xonliklarining Rossiya bilan munosabatlarini aks ettiruvchi rossiyalik elchilarning hisobotlarining rus tili tarixini o‘rganish uchun muhim lingvistik manba ekanligi bo‘yicha  olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston rus madaniy markazi tomonidan rus tili o‘qituvchilari malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan festival doirasida Toshkent va Toshkent viloyatida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy seminarda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2020 yil 22 yanvardagi 02-11-son ma’lumotnomasi). Natijada bu XVII asr rus rasmiy yozma yodgorliklarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni olib borishda qidiruv ishlarini kuchaytirish imkonini bergan;
rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari matnlarida mavjud bo‘lgan rus diplomatik nutq formulyarlari, leksik birliklar tarkibi, shakllari, turg‘un va turg‘un  bo‘lmagan so‘z birikmalari, rasmiy-ish qoliplari bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston rus madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan “Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar” tadbiri doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2021 yil 1 apreldagi 02-55-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalari tinglovchilarga rus tili tarixi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va rus yozma yodgorliklari matnlarining tahlil qilishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini oshirish imkonini bergan; 
rossiyalik elchilarning XVII asr O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlari matnlari asosida rus tilining tarixiy lug‘atlarida qayd etilmagan, rus tarixiy leksikologiyasining nazariy muammolarini ishlab chiqish uchun boy material bo‘lgan rus va turkiy tillarga oid leksik birliklar ma’nolari ochib berish yuzasidan olingan ilmiy-nazariy xulosalardan “Chegara bilmas rus adadbiyoti va madaniyat” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Rossotrudnichestvoning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining 2020 yil 19 martdagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan natijalar diplomatik leksemalarning semantikasi hamda rus tili tarixiy lug‘atlarida qayd etilishini aniqlashtirish imkonini bergan;
XVII asr rus tez-yozuvida yozilgan rossiyalik elchilarning hisobotlari matnida qayd etilgan rus rasmiy ish yozuvi normalarining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish qiladigan bir xil – unli va undosh harflarni qatorda, satr ustida yozish kabi fonetik ko‘rinishlar hamda otlarning,  sifatlarning grammatik shakllari, kelishik qo‘shimchalari, fe’l va sifatdosh shakllari kabi morfologik  variantlar bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalardan ITD-1-107 raqamli “Xorijiy (rus, nemis, fransuz) tillar buyicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzviylik hamda uzluksizni ta’minlovchi, o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 89-02-303-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan xulosalardan XVII asr rus tili lug‘atiga chet tillardan kirib kelgan leksik birliklarning semantikasi, vaqti, o‘tish yo‘llari hamda ularning rus rasmiy yozma yodgorliklar matnlarida va leksikografik manbalarida qayd etilishini aniqlashtirishga imkon bergan; 
XVII asr Rossiyaning Xiva va Buxoro xonliklari bilan diplomatik aloqalarini aks ettiruvchi rossiyalik elchilarning O‘rta Osiyo bo‘yicha hisobotlarining ilmiy materiallaridan “Ishonch” telekanalida namoyish etilgan “Yoshlar tarbiyasida fanning roli” teleko‘rsatuvida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 avgustdagi 213-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish