Saidova Feruza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini boshqarishni takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped37.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Oynisa Musurmonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlatpedagogika universiteti, DSs.27.06.2017.Red.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich,pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahmiyatga molik.
II. Tadqiqotniing maqsadi: texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-yaxlitlashgan, sistem-mazmuniy, professional yo‘naltirilgan yoki kompetentli, mezoniy-baholash elementlardan iborat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish tizimining tarkibiy qismi aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish sifatini boshqarish menejmenti metodikasi o‘quv-bilish faoliyati, innovatsion faoliyat va ta’lim faoliyatini texnologik ta’minlash komponentlari asosida takomillashtirilgan;
«Dasturiy injiniring» ta’lim yo‘nalishi uchun ingliz tilini o‘qitish metodikasi professional-yo‘naltirilgan tamoyil asosida ishlab chiqilgan;
o‘z-o‘zini baholash va tahlil qilish mezonlari va didaktik materiallar asosida ingliz tilini o‘qitish sifati darajasinii aniqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodik va amaliy takliflar asosida:
texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini boshqarish menejmenti elementlari va tarkibiga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-son qarori hamda uning ijrosiga yo‘naltirilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 avgustdagi 584-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 20 dekabrdagi 89-03-3447-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan metodikani qo‘lash texnikaviy oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifati hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi lisoniy kompetentlik darajasini oshirish imkonini bergan;
«Dasturiy injiniring» ta’lim yo‘nalishi uchun ta’lim sifatini boshqarish menejmenti metodikasi asosida yaratilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasi texnikaviy oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo‘ljallangan «VOCABULARY FOR SOFT WARE FOR INTERMEDIATE LEVEL STUDENTS» (birinchi va ikkinchi nashrlar) o‘quv qo‘llanmasiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-004-son ma’lumotnomasi). O‘quv qo‘llanmalardan foydalanish informatika, kompyuter va dasturiy injiniring sohalarida ingliz tilida o‘qish, yozish, eshitish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashgan;
«Dasturiy injiniring» ta’lim yo‘nalishi uchun ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy materiallardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i asosida takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallariga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligining 2016 yil 18 noyabrdagi 24-8/6302-son ma’lumotnomasi). Ingliz tilini innovatsion ta’minlashdan foydalanish talabalarning ingliz tilini bilish darajasini oshirish imkonini bergan.