To‘raeva Dildora Anvarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil.1247.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud-huquq tizimida muammoli deb topilgan shaxsiy yozishmalardagi noadabiy lingvistik birliklarni ochib berish va hududiy xoslanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik unsurlarning vul`gar, shevaga oid so‘zlar kabi turlari, ularning individual, hududiy ifoda xususiyatlari, psixik ta’sir darajasi, korrupsiya, shaxsni obro‘sizlantirish, tahdid, da’vat, tuhmat, taklif kabi suhbat mavzulari, semantik bloklash, kontekstual hamda kvazisinonimik kabi lingvistik ekspertiza mezonlari aniqlangan;   
o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarning mavzusi va suhbat yo‘nalishini aniqlash uchun lingvistik ekspertiza sifat va miqdor usuliga hamda sintaktik-semantik tahlil tamoyillariga asoslanishi dalillangan;      
o‘zbek tilidagi noadabiy grammatik va fonetik unsurlarning, lingvistik va ekstralingvistik omillar shakllarining lingvistik ekspertizada ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanilishi dalillangan; 
muammoli yozishmalarda noadabiy grammatik va fonetik unsurlarning qo‘llanishiga ko‘ra funksional, mavzuiy, semantik, hududiy xosligi daliliy xususiyatlar katalogi bo‘yicha berilib, ularning ifodaviyligi shaxsiy yozishmalar misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
qardosh turkiy tillar qatorida o‘zbek tili matnlarida lingvistik ekspertiza o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etish; shaxsiy yozishmalardagi noadabiy unsurlarga doir terminlarni fanga olib kirish; shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik, grammatik va fonetik unsurlarni aniqlash metodlarini; muammoli yozma matnlar muallifini aniqlashda lingvistik ekspertiza asosiy vositalardan biri ekanligini ilmiy asoslash va tasdiqlash; shaxsi noma’lum yozishmalar muallifini aniqlash mezonlarini; o‘zbek tilidagi shaxsi noma’lum yozishmalarda qo‘llangan noadabiy unsurlarni tahlil qilish orqali matn muallifining hududiy mansubligini aniqlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 25 avgustdagi 17-01/234-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsi noma’lum yozishmalar muallifini noadabiy unsurlarni qo‘llash darajasiga ko‘ra aniqlash mezonlari takomillashtirilgan; 
sud ekspertiza tizimida shaxsiy yozishmalardagi inson obro‘-e’tiboriga putur etkazuvchi vulgar va qarg‘ish so‘zlarga doir, muammoli yozma matnlarning anonimik xususiyatlari va egasini aniqlash, matn muallifining hududiy mansubligini ochish va lingvistik ekspertizada qo‘llanadigan inson fe’l-atvori tabiatini namoyon etuvchi terminlardan OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 27 sentyabrdagi 04/1-1756-son ma’lumotnomasi). Natijada sud ekspertiza, lingvistik ekspertiza, xatshunoslik ekspertizasi tizimida qo‘llaniluvchi inson fe’l-atvoriga oid terminlar loyihani boyitish uchun xizmat qilgan;
lingvistik ekspertizada turli ko‘rinishdagi konfliktli matnlardagi shaxs nutqining xarakterli xususiyatlarini aniqlash, lingvistik ekspertizaning bir ob’ekti sanalgan anonim xatlarda nutqning xoslanishi, nutqiy vaziyatni yuzaga keltiruvchi omillar va ushbu omillarning roli va ahamiyati masalasiga oydinlik kiritish, shuningdek, yangi soha sifatida lingvistik ekspertizani o‘rganish, tadqiq etish va turli konfliktli matnlarni lingvistik ekspertiza qilish haqidagi xulosalardan 2021 yil 20 oktyabr` kuni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugunning gapi”  ko‘rsatuvida  dasturlar ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01-16/207-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy tilshunoslik va sud-huquq tizimida yangilik sifatida lingvistik ekspertizaning mohiyati, amaliy ahamiyati, vazifalari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni masalalari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka etkazilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish