Yarkulov Alisher Ataqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlarda Naxshabning hunarmandchilik tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar59.
Ilmiy rahbar: Isamiddinov Muxammad Hasanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Naxshabning ilk o‘rta asrlar hunarmandchilik tarixi rivojlanishini, hunarmandlar mahallalari, ustaxonalarining shakllanish jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hunarmandchilik sohasi mahsulotlarini ishlab chiqarish hunarmandlar tomonidan tashkil etilib, iste’molchilarga taqdim etilgan va ayrim paytlarda davlat buyurtmalari asosida boshqarilganligi, hunarmandlarning kundalik turmushi ustaxona, uy ibodatxonalari, mehmonxona hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lganligi ochib berilgan;
Erqo‘rg‘on yodgorligidagi kulollar mahallasida V-VI asrlarda ishlagan sulolaviy kulollarning 1-xonadon, 2-xonadon, 3-xonadon, 4-xonadon, 5-xonadon kabi 9 ta xo‘jaligi ajratilgani va ularning uy sharoitidagi ishlash jarayonlari, kundalik turmush tarzi, turarjoylarining tuzilishi, ilk o‘rta asrlardagi Naxshab aholisining diniy qarashlari, kulolchilikda ishlab chiqarishga ixtisoslashish masalalari dalillangan;
temirchilar mahallasining ustaxonalari kulollarniki kabi yashash joylarida emas, balki uyiga yaqinroq joyda, alohida, asosiy katta yo‘lning bo‘yida, bozorlarga, xaridorlarga yaqin erlarda joylashganligi isbotlangan;
Qarshi vohasining kulolchilik, temirchilik va shishasozlikka oid yozma va moddiy materiallarining ilk o‘rta asrlar davri hunarmandchiligi rivojlanishini yoritishning tarixiy, madaniy va iqtisodiy tomonlari ochib berilib, kulolchilikdagi asosiy tiplarning keskin o‘zgarishi boshqa hududlardan ko‘chib kelgan aholi madaniyatiga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Naxshab (Qarshi) hunarmandchiligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Erqo‘rg‘on, Shulluktepa, Kosontepa, Tallisortepa, Kultepa kabi yodgorliklarning tuzilishi, hunarmandchilik mahallalarining o‘rganilishi natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyatidagi moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, saqlash, foydalanish hamda ularning pasportlarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 8 avgustdagi 01-11-04-3152-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi moddiy madaniy meros ob’ektlari haqida ko‘proq ma’lumot to‘planishiga xizmat qilgan;
Qarshi vohasining kulolchilik, temirchilik va shishasozlikka oid yozma va moddiy materiallarining ilk o‘rta asrlar davri hunarmandchiligi rivojlanishini yoritishning tarixiy, madaniy va iqtisodiy tomonlari ochib berilib, kulolchilikdagi asosiy tiplarning keskin o‘zgarishi boshqa hududlardan ko‘chib kelgan aholi madaniyatiga bog‘liq ekanligi yuzasidan olingan natijalar “Naxshab hunarmandchiligi tarixi” monografiyasida, Oliy o‘quv yurtlarida O‘rta Osiyo hunarmandchiligi tarixi, O‘rta Osiyo kulolchiligi tarixi fanini o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 89-03-1745-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy o‘quv yurtlar hunarmandchilik tarixini yorituvchi adabiyotlar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan;
mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida milliy an’ana hamda qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, tarixiy va madaniy meros, xususan, arxeologik yodgorliklarni o‘rganish, asrash, ulardan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan moddiy madaniy meros ob’ektlarini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish, ommalashtirishda “Mahalla”, “Dunyo bo’ylab” va “O’zbekiston tarixi” telekanallarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 29 avgustdagi 95-15/3785-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirishda, xususan, mazkur sohani rivojlantirishda hunarmandchilik muhim omillardan biri ekanligini asoslab berish imkonini bergan.