Djabbarov Shuxrat Abdumajidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gel`mintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligi va uni oshirish yo‘llari», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V1.
Ilmiy maslahatchi: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori; Mavlanov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: L.M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot istituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chorva mollari orasida keng tarqalgan asosiy gel`mintozlar etkazadigan zararning sabablarini aniqlash, ularga qarshi qo‘llaniladigan anitgel`mint preparatlar va profilaktik vositalarning samaradorligini aniqlash va uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizda chorva mollarining asosiy gel`mintozlari etkazadigan zarar va ularga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini aniqlashning zamonaviy chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
chorva mollari (qoramol, qo‘y-echkilar) orasida uchraydigan trematodozlar, sestodozlar, nematodozlarga chalinish natijasida chorva tuyoq sonining keskin kamayishi, mahsulot miqdori va sifatining hamda naslchilik ishlari samarasining pasayishi aniqlangan;
chorva mollarining asosiy gel`mintozlariga qarshi qo‘llanilgan turli zamonaviy antgel`mint vositalarning samaradorligi aniqlangan;
qorako‘lchilik xo‘jaliklarida gel`mintozlarga qarshi kimyoviy profilaktik vosita – antgel`mintli-tuz aralashmalarni qo‘llash asosida asosiy gel`mintozlar va ular tomonidan etkaziladigan zararning oldi olinishiga erishilgan;
parranda (tovuq)lar organizmining gel`mintozlarga qarshi tabiiy chidamliligi va ularning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan jadallashtiruvchi vositalar – gossiprenli va mikroelementli ozuqaviy qo‘shimchalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gel`mintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
«Qorako‘lchilik xo‘jaliklarida gel`mintozlarga qarshi kimyoviy profilaktika vositasi» (IAR 03349), «Mayda shoxli hayvonlardagi gel`mintozlarga qarshi kimyoviy profilaktika vositasi» (IAR 03350) va «Qo‘y va echkilardagi gel`mintozlarga qarshi kimyoviy profilaktika vositasi» (IAR 03351) ishlanmalari uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari olingan. Bunda qo‘y va echkilarning asosiy gel`mintozlarga qarshi kurashishning guruhli degel`mintizatsiya va kimyoviy profilaktik vositalarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratilgan;
chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda gel`mintozlarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub-vositalari Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari qorako‘lchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 6 noyabrdagi 01/14-424-son ma’lumotnomasi). Bunda qo‘y va echkilar oshqozon-ichak nematodozlari va sestodozlariga qarshi kimyoviy profilaktika vositalari turli antgel`mint-tuz aralashmalari qo‘llashning samaradorligi o‘rtacha har bir bosh mol hisobiga 2726–8011,4 so‘mni tashkil etgan;
parranda (tovuq)lar mahsuldorligini rag‘batlantiruvchi vosita – mikroelementli ozuqaviy qo‘shimcha va uni tayyorlash usullari Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari parrandachilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 6 noyabrdagi 01/14-424-son ma’lumotnomasi). Bunda parranda (tovuq)larni oziqlantirishda fitoestrogen rag‘batlantiruvchi vosita gossiprenli ozuqaviy qo‘shimchadan foydalanish har bir bosh jo‘ja (yosh tovuq) hisobiga yillik qo‘shimcha daromad 19,7 ming so‘mni tashkil etgan.