Xoshimov Axrorjon Axadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fosfor- va oltingugurtli qo‘shimchalar asosida ammiakli selitra sifatini yaxshilash texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2239.
Ilmiy rahbar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Ahat Salimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra donalari yoki suyuqlanmasiga fosfor va oltingugurtli qo‘shimchalar bilan qayta ishlash yo‘li bilan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammoniy nitratining kam yopishqoqligi, yuqori mustahkamligi va termik barqarorligini ta’minlaydigan AS : (NH4)2SO4 eritmasi : o‘g‘it kukunlari = 80 : 5 : 20 maqbul nisbati aniqlangan;
AC donalariga fosfor- va oltingugurtli o‘g‘itlar kukunlarining yuqori adgezion koeffisientiga erishilib (99% gacha), aksincha bu ko‘rsatkich fosforit unida ishlov berilgan MAFO‘da atiga 77% ni tashkil etishi aniqlangan;
III->IV faza o‘tishini chetlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIIV polimorf fazaga o‘tishi evaziga donalarning kristall panjarasi kam deformatsiyasi va sferik shakl donalar turg‘unligi ta’minlashi isbotlangan;
AS suyuqlanmasiga fosfor va oltingugurtli tuzlarni qo‘shish yo‘li orqali kam g‘ovaklik va ichki yuzasi kichik donalar, sezilarli darajada kam detonatsion qobiliyatga ega konsentrlangan azot-fosforli o‘g‘itlar olish usuli ishlab chiqilgan;
AS donalari yoki suyuqlanmasiga fosfor- va oltingugurtli kukunlarda ishlov berish orqali murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Fosfor va oltingugurtli qo‘shimchalar asosida AS sifatini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
AC donalariga ammoniy sul`fat to‘yingan eritmasi va fosforli kukunlarini purkash, changlatib sepish orqali yangi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Farg’onaazot» AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 28 yanvardagi 23-3-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinayotgan magnezitni mahalliy xom ashyolarga almashtirish va shu orqali vegetatsion sharoitlarga mo‘ljallangan murakkab o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
ammoniy nitrat suyuqlanmasi va o‘g‘itli qo‘shimchalar asosida yangi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Farg’onaazot» AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2022 yil 28 yanvardagi 23-3-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, AS tarkibini fosfor, kal`siy va oltingugurt kabi o‘zlashuvchan ozuqa komponentlar bilan boyitish va bir vaqtda ammoniy nitratining termik barqarorligi ta’minlash imkoniyati yaratiladi.