Roziqova Kamola Elmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bor va marganes mikroelementlarining g‘o‘za metabolizmi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.04 - Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx502.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Farhod Hakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazaliev Begali Irsalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida mineral o‘g‘itlar fonida bor va marganes mikroo‘g‘itlarini g‘o‘za metabolizmiga, hosildorligiga, xlorofill-oqsil kompleksiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikroo‘g‘itlar g‘o‘za transpiratsiya jadalligini pasaytirishi, suv saqlash qobiliyatini 3-5 foizga oshirishi hamda tashqi omilga (issiqlikka 4-5 0S) bardoshliligini oshirishi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlar fonida B va Mn mikroo‘g‘itlarini g‘o‘zani shonalash fazasida tuproqqa va bargidan qo‘llash, hosil elementlarining shakllanish va konuslar bo‘yicha to‘kilishini (8,0−13,3%) oldini olish isbotlangan;
B va Mn mikroo‘g‘itlarini g‘o‘zani shonalash fazasida tuproqqa va bargidan qo‘llash hosil uchun muhim bo‘lgan oqsilli azotni jadal sintez bo‘lishi ilmiy asoslangan;
chigitlarni B va Mn li mikroo‘g‘itli eritmaga ivitib ekish va tuproqqa qo‘llash g‘o‘za (fiziologik ko‘rsatkichiga, xlorofil-oqsil kompleksiga va fotosintetik sof mahsuldorligi)ga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bor va marganes mikroelementlarining g‘o‘za metabolizmi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olgan ilmiy natijalar asosida:
«Samarqand viloyatida paxta etishtirishda bor va marganes mikroo‘g‘itlaridan foydalanishga oid tavsiyalar» Qishloq xo‘jaligi vazirligini Kattaqo‘rg‘on tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga amaliyotda foydalanish uchun topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligini 2021 yil 13 apreldagi 02/025−1585-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tuproqlarining agrokimyoviy holati asosida makro- va mikroelementlardan ratsional foydalanish, g‘o‘za transpiratsiya jadalligini pasaytirishda mikroo‘g‘itlarni qo‘llash va turli salbiy omillarga g‘o‘za bardoshliligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar uchun g‘o‘zani shonalash fazasida tuproqqa 1 kg/ga bor va 4 kg/ga marganes hamda bargidan 0,1 foizli bor va 0,5 foizli marganes mikroo‘g‘itlarini N250P175K125 kg/ga mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llash agrotexnologiyasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani «Mukarrama SBT» fermer xo‘jaligida 47 gektar, «O‘tkir» fermer xo‘jaligida 10 gektar, «Xushnudbek-Shavkat fayzli dalasi» fermer xo‘jaligida 30 gektar, jami 87 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 apreldagi 02/025−1585-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning transpiratsiya jadalligi pasayib, suv saqlash qobiliyati 3-5 foizga oshgan, tashqi salbiy omillarga bardoshliligi ta’minlangan, g‘o‘za tupidagi hosil elementlari to‘kilishini 8,0-13,3 foizga kamaytirgan, 3,5-6,0 sentner qo‘shimcha, ertagi va sifatli hosil olishga erishilgan.