Eshonkulov Babur Mamurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Generativ urug‘lardan kartoshka etishtirish va undan urug‘chilikda foydalanish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik va 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx42.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibragim Toshkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, PhD.27.06.2017.Qx.12.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nazarov Xudoyberdi Qo‘zimurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: generativ urug‘lardan kartoshka etishtirish uchun mos navlar, duragaylar, duragay populyasiyalarini tanlash, ulardan yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasini ishlab chiqish, olingan tuganaklardan virussiz asosidagi urug‘chilikda dastlabki material sifatida foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kartoshkaning navlari, duragaylari, duragay populyasiyalari va o‘zidan changlatilgan liniyalar kolleksiyasidan rezavor meva hosil qiluvchi shakllar ajratilgan hamda ulardan generativ urug‘lar olish imkoniyati isbotlangan;
kartoshka urug‘ko‘chatlari 70x20 sm sxemada ekilganda o‘simliklarning maqbul o‘sishi, rivojlanishi va yuqori hosildorlikni ta’minlashi aniqlangan;
urug‘ko‘chat usulda kartoshka etishtirishning samarali agrotexnologiyasini qo‘llash natijasida yuqori hosil olish imkoniyatlari isbotlangan;
generativ urug‘lardan etishtirib olingan tuganaklardan ekinning virussiz asosdagi urug‘chiligida dastlabki material sifatida foydalanilgan;
generativ urug‘lardan etishtirib olingan tuganaklarning birinchi va ikkinchi reproduksiyalaridan urug‘lik sifatida foydalanilib, olingan hosilning iste’mol uchun yaroqliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Generativ urug‘lardan kartoshka etishtirish va undan urug‘chilikda foydalanish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kartoshkaning yangi yaratilgan «Farovon» va «Feruza» navlari 2017 yilda Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasiga topshirilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2017 yil 13 martdagi 53/4-144-son va 2017 yil 10 iyuldagi 53/4-306-son ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu navlardan standart navga nisbatan gektariga 10–13 sentner qo‘shimcha kartoshka hosili olishga erishilgan;
kartoshkani generativ urug‘lardan etishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Tayloq, Urgut, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 111 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 15 avgustdagi 02/22-425-son ma’lumotnomasi). Bunda urug‘ ko‘chat usulida etishtirilganda gektaridan 19,6 tona, birinchi va ikkinchi tuganak reproduksiyalari ekilganda esa 18,4–31,3 tonna hosil olingan va rentabellik darajasi 79,8–177,5 foizni tashkil etgan.