Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirish strategiyasi», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1635.
Ilmiy rahbar: Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizmni barqaror rivojlantirishda 10 kishidan kam bo‘lmagan xorijiy turistik guruhlar uchun kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turistik korxonalarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini 30 foizi miqdorida subsidiyalash taklif etilgan va mehmonxonalar uchun turistik to‘lovlarni bekor qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
vizasiz rejim amal qilib turgan mamlakatlardan boshqa barcha mamlakat fuqarolari uchun turistik markazlar, ya’ni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
turizmni barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi rekreatsion resurslar, landshaft, bioiqlim va maxsus qo‘riqlanadigan hududlarni davlat-xususiy sherikchilik asosida takomillashtirish taklif etilgan;
vizasiz rejimni joriy etish, davlat-xususiy sherikchilik asosida turizm biznesini rivojlantirishning 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizm sohasi barqaror rivojlanishining iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
turizmni barqaror rivojlantirishda 10 kishidan kam bo‘lmagan xorijiy turistik guruhlar uchun kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turistik korxonalarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini 30 foizi miqdorida subsidiyalash taklif etilgan va mehmonxonalar uchun turistik to‘lovlarni bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 03-17-01/10648-son ma’lumotnomasi). Natijada pandemiya davrida 2021 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi 2020 yilga nisbatan 28,7 foizga oshgan;
vizasiz rejim amal qilib turgan mamlakatlardan boshqa mamlakat fuqarolari uchun turistik markazlar, ya’ni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 03-17-01/10648-son ma’lumotnomasi). Bu taklifdan vizasiz rejim amal qilib turgan mamlakatlardan boshqa barcha mamlakat fuqarolarini mamlakatning xavsiz, jozibador, tabiiy hamda rekreatsion turistik ob’ektlariga jalb qilish hamda turistlar oqimini ko‘paytirishda foydalanilgan;
turizmni barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi rekreatsion resurslar, landshaft, bioiqlim va maxsus qo‘riqlanadigan hududlarni davlat-xususiy sherikchilik asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 03-17-01/10648-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan davlat tomonidan muhofaza etiladigan hududlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda ushbu hududlardagi turizm  ob’ektlarni xususiy sektor orqali saqlash va moliyalashtirishni samarali boshqarish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan;
vizasiz rejim, davlat-xususiy sherikchilik va turizm biznesi rivojlanishining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 03-17-01/10648-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya qilinayotgan taklifdan turizmni barqaror rivojlanishining 2025 yilgacha bo‘lgan dasturini tuzishda va uni amalga oshirish ishlarida foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish