Iskandarov Abdurasul Mirjalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlarini sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1304.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini istiqbolda rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va korxonalari faoliyatidan  kelib chiqqan holda sug‘urtaga qabul qilinadigan xavf-xatarlarning optimal to‘plami taklif etilgan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster) faoliyatining mol-mulk, javobgarlik, tadbirkorlik, bozor va umumiy korporativ xavf-xatarlarini kompleks sug‘urtalash taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida xavf-xatarlar sug‘urtalashda milliy sug‘urta bozori uchun yangi bo‘lgan “indeks sug‘urtasi” bo‘yicha sug‘urtalash parametrlaridan (hududning iqlim indeksi ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorlik indeksi qo‘rsatkichlari, hududning daromad indeksi (hosildorlik bilan mahsulot narxlarining qo‘shib hisoblanishi)) foydalanish taklif etilgan;
qishloq ho‘jaligi sug‘urta mahsulotlarini amalga oshirishda sug‘urtalanuvchilarning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan tariflar va sug‘urta mukofotlaridan imtiyozlar (siylovlar) berish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlarini sug‘urtalashni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xavf-xatarlarini sug‘urtalashda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari yo‘nalishlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatidan  kelib chiqqan holda risklarni alohida guruhlashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 24 iyuldagi 01-04-10/1778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida kompaniyaning qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash  turlari soni kengaytirilgan, qishloq xo‘jaligidagi xususiyatlaridan kelib chiqib sug‘urtalash qoidalari takomillashtirilgan. Jumladan, mavjud 39 ta qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sug‘urta turlari 42 taga etkazilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster) faoliyatining mol-mulk, javobgarlik, tadbirkorlik, bozor va umumiy korporativ risklarini kompleks sug‘urtalash bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi 505-son, 2019 yil 30 avgustdagi 831-son qarorlari ijro etishda tadbiq etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 24 iyuldagi 01-04-10/1778-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta risklari tizimlashtirilgan, 2019 yilga nisbatan 2020 yilda qishloq xo‘jaligi korxonalariga sug‘urta xizmatlarini taqdim etish orqali sug‘urta mukofotlarining 35 foizga o‘sishi ta’minlangan;
qishloq xo‘jaligida risklarni sug‘urtalashda milliy sug‘urta bozori uchun yangi bo‘lgan “indeks sug‘urtasi”ni joriy etish bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son Qarori amaliyotga tadbiq etish jarayoni foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 24 iyuldagi 01-04-10/1778-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashda “indeks sug‘urta”si bo‘yicha sug‘urtalash parametrlarini (hududning iqlim indeksi ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorlik indeksi qo‘rsatkichlari, hududning daromad indeksi (hosildorlik bilan mahsulot narxlarining qo‘shib hisoblanishi) hisobga olgan holda yagona baza shakllantirilgan;
Qishloq ho‘jaligi sug‘urta mahsulotlarini amalga oshirishda sug‘urta tariflari bo‘yicha imtiyozlar (siylovlar) berish bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 avgustdagi 830-son va  831-son qarorlari ijro etishda tadbiq etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 24 iyuldagi 01-04-10/1778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi natijasida sug‘urta kompaniyasi tashabbusi bilan manfaatdor vazirliklar hamkorligida qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan. Natijada, bir qator qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tulari bo‘yicha sug‘urta tariflaridan siylovlar berilgan. Sug‘urtalanuvchilarning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan tariflar tizimi joriy etilgan. Buning natijasida sug‘urtaning qamrovlilik darajasi 30 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish