Shirinova Shoxsanam Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda elektron pullarni rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1710.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher  Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy to‘lov tizimi nuqtai nazaridan elektron to‘lov tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash uchun ularni barqarorlashtirish va monitoring qilishning samarali mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil` ilovalar yordamida masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi takomillashtirishning elektron hamyonlarni keng joriy etish natijasida xorijiy valyutalarni konversiya qilish orqali elektron pul imkoniyatlaridan foydalanish taklif etilgan;
elektron pullar muomalasini faollashtirishda raqamli texnologiyalar asosida xorijiy tijorat banklari ishtirokini  kengaytirish taklif etilgan;
onlayn xaridlarni samarali tashkil etish va mijozlarga yangi onlayn depozit turlarini taklif qilishda identifikatsiyalangan xorijiy elektron hamyonlardan foydalanishni soddalashtirishning  yo‘llari asoslangan;
“elektron pullar – jahon valyutalaridan birida ifodalangan va milliy qonunchilikning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadigan elektron to‘lov vositasi” mazmunidagi mualliflik ëndashuvi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda elektron pullarni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ilk marta “elektron pullar – jahon valyutalaridan birida ifodalangan va milliy qonunchilikning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadigan elektron to‘lov vositasi” mualliflik ëndashuvi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-073-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif "Xalqaro moliya munosabatlari" fani bo‘yicha darslikka kiritilgan;
valyuta operatsiyalarini bir zumda konversiya qilish uchun bankning "Milliy" deb nomlangan mobil ilovasida shaxsiy elektron hamyonlardan foydalanish mexanizmi orqali valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni yanada soddalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan ("O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki"AJning 2021 yil 20 maydagi AB-02/7598-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida dasturdan foydalanuvchilar sonini 2020 yilga nisbatan 80% foizga oshgan, 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra foydalanuvchilar soni 1 246 418 kishini tashkil etgan; 
xalqaro pul o‘tkazmalari tizimini takomillashtirishda elektron pullar muomalasini faollashtirish yuzasidan raqamli texnologiyalar asosida xorijiy tijorat banklari ishtirokini  kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan ("O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki"AJning 2021 yil 20 maydagi AB-02/7598-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarga mijozlarni masofadan xizmat ko‘rsatishga o‘tkazish va transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi 1,5 barobarga oshgan;
jismoniy shaxslar tomonidan Webmoney, Qiwi va boshqa elektron pul hamyoniga pul mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etish orqali onlayn xizmatlar uchun to‘lovlarni osonlashtirish yo‘li bilan bir zumda pul o‘tkazmalarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. ("O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki"AJning 2021 yil 20 maydagi AB-02/7598-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yil davomida elektron hamyonlar orqali valyuta o‘tkazmalari hajmi 5 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish