Abduvaxitova Asal Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali glomerulonefritning antikoagulyant terapiyasi-terapevtik va patogenetik jihatlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1327
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi surunkali glomerulonefritni yangi bilvosita oral antikoagulyant bilan davolash patogenetik va terapevtik samaradorligini baxolash, antikoagulyant terapiyani optimallashtirish va ambulatoriya bosqichida bemorlarni davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta surunkali glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarda bilvosita oral antikoagulyantni qo‘llashning klinik va laborator samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan;
faollashtirilgan X omilning bevosita ingibitorning antitrombotik ta’siri, shuningdek, avtorozet shakllanishi fenomeni faolligining sezilarli darajada pasayishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
bilvosita oral antikoagulyant bilan davolash dinamikasida gemostazologik ko‘rsatqichlar, buyrak zararlanishi belgilarining va yallig‘lanish faolligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
doppler ma’lumotlaridan tezlik va qarshilik ko‘rsatqichlarining ortishi intrarenal qon aylanishining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali glomerulonefritning antikoagulyant davolashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalar asosida:
surunkali glomerulonefritli bemorlarni klinik va patogenetik xususiyatlariga ko‘ra davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Klinik va patogenetik xususiyatlariga qarab surunkali glomerulonefritli bemorlarni davolash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentabrdagi 8n–p/797-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligining antikoagulyantlar bilan davolash samaradorligini, shuningdek kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish uchun samarali choralar ko‘rish imkonini bergan;
surunkali glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash algoritmini ishlab chiqishga, shuningdek, intrarenal gemodinamikaning buzilishi va siydik sindromini antikoagulyant terapiyani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya ilmiy-amaliy markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 08-09/6974-sonli ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida amaliyotga tadbiq etilishi surunkali glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarda intrarenal gemodinamikaning buzilishi va siydik sindromida antikoagulyant terapiyani optimallashtirish yordamida baxolash xamda tizimli sust yallig‘lanish xamda immunologik o‘zgarishlarni aniqlash orqali bemorlarda tashhislash jarayonini muvofiqlashtirish imkonini bergan.