Atajonov Murodjon Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimining hududiy tarkibini takomillashtirish», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Gr169.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshibaevna, geografiya fanlari doktori, professor; Safarova Nasiba Irankulovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimining rivojlanishidagi tafovutlar va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida uning hududiy tarkibini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq joylarda ijtimoiy infrastruktura tizimi hududiy tarkibini baholash usuli hududlarning statistik ko‘rsatkichlari hamda so‘rovnoma natijalari, ularning qiyosiy ustunliklari va muammolarini hisobga olish imkonini beruvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan;
viloyat qishloq tumanlarining ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va muhandislik-kommunikatsiya sharoitlari (8 ta ko‘rsatkich)ning reytingi o‘rinlarning o‘rtacha qiymati bo‘yicha guruhlash asosida baholangan;
ilk bor ArcGIS dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, guruhlash, legendasini tuzish asosida Andijon viloyati qishloq joylar ijtimoiy sohalari rivojlanishining hududiy xususiyatlari va muhandislik-kommunikatsiya sharoitining turkum kartalari yaratilgan;
viloyat qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarining hududiy tashkil etilishini takomillashtirish aholi turmush sharoiti hamda uning ijtimoiy mobilligiga ta’siri darajasi so‘rovnoma yordamida asoslangan;
Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastrukturaning hududiy tarkibini tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografik va ma’muriy-hududiy jihatlariga tayangan holda takomillashtirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimining hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyati qishloq joylarida hududlarni kompleks ijtimoiy baholashda hududlarning statistik ko‘rsatkichlari hamda so‘rovnoma natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida qiyosiy ustunliklar va muammolarni hisobga olish imkonini beruvchi baholash usulidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 05/14-03-10/10-4479-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati qishloq joylari ijtimoiy infrastruktura tizimini majmuali baholash imkonini bergan;
qishloq joylarda ijtimoiy soha ob’ektlarini hududiy tashkil etishda inson omilining yetakchilik o‘rni hamda ijtimoiy infrastrukturaning aholi ijtimoiy mobilligiga ta’sirining asoslangan ko‘rsatkichlaridan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Andijon viloyati ijtimoiy soha ob’ektlarining tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirishda va aholi bandligini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 05/14-03-10/10-4479-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati qishloq joylarida aholining zichligi va miqdorini hisobga olib, tibbiyot, ta’lim, uy-joy va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirish imkonini bergan;
Andijon viloyati qishloq tumanlarining ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va muhandislik-kommunikatsiya sharoitlarining baholangan reyting ko‘rsatkichlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida viloyatning mazkur sohalarni rivojlanishidagi hududiy tafovutlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 05/14-03-10/10-4479-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati hududi ijtimoiy infrastrukturani rivojlanish darajasiga qarab 3 ta kichik guruhga ajratilgan va ularda ijtimoiy infrastruktura tizimining mavjud holatidan kelib chiqib qishloq tumanlarida sohani kompleks rivojlantirish asoslarini yaratish imkonini bergan;
tadqiqot materiallari, ArcGIS dasturida yaratilgan ma’lumotlar bazasi va Andijon viloyati qishloq joylar ijtimoiy sohalari rivojlanishining hududiy xususiyatlari va muhandislik-kommunikatsiya sharoiti tasvirlangan turkum kartalaridan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida milliy geografik axborot tizimini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 26 noyabrdagi 01-05-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy geografik axborot tizimining Andijon viloyati qishloq tumanlariga tegishli iqtisodiy-ijtimoiy ma’lumotlarni kengaytirish va sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastrukturaning hududiy tarkibini joyning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografik va ma’muriy-hududiy jihatlariga tayangan holda takomillashtirish dasturi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida viloyat qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 05/14-03-10/10-4479-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari tizimini hududiy jihatdan takomillashtirish imkonini bergan.