Abdurasulov Arslon To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mis ioni asosida Bombyx mori xitozanining polimermetallokomplekslarini ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.PhD /T1050.
Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor. Yunusov Xaydar Ergashevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori xitozani va mis (II) ionlaridan polimermetallokompleksi va u asosida “Kuprumxit” polimer preparativ shaklini olish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini va biologik faolligini tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ipak sanoati chiqindisidan olingan Bombyx mori xitozani va mis ionlari asosida dastlabki komponentlar nisbatlari va eritma rN muhiti ko‘rsatgichini boshqarish orqali polimermetallokomplekslar olish texnologiyasining maqbul sharoitlari aniqlandi; 
ilk bor ishlab chiqilgan polimermetallokompleks olish texnologiyasi asosida qishloq xo‘jaligida qo‘llanuvchi preparat sifatida Bombyx mori xitozani va mis (Su2+) ionlari asosida olingan polimermetallokompleks namunalarining fizik-kimyoviy va biologik faollik xossalari aniqlandi, jarayonning texnik va iqtisodiy samaradorligi hisoblandi; 
ilk bor Bombyx mori xitozani va mis ionlaridan olingan polimermetallokompleks asosida “Kuprumxit” polimer preparativ shaklini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va texnologik jarayonning maqbul sharoiti topildi;
ilk bor “Kuprumxit” polimer preparativ shakli qishloq xo‘jaligida bug‘doy, g‘o‘za urug‘larini kapsulalashda qo‘llash imkoniyatlari va samaradorligi aniqlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mis ioni asosida Bombyx mori xitozanining polimermetallokomplekslarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Kuprumxit” polimer preparativ shakli uchun texnik shartlar ishlab chiqilgan (“O‘zstandart” agentligi standartlashtirish sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 112/0011400 son bilan 2021 yil 17 may sanasida Davlat ro‘yxatiga olingan). Natijada, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniluvchi, mahalliy ekologik xavfsiz, biologik faol preparat olish imkonini bergan;
“Kuprumxit” polimer preparativ shaklini “O‘zbekiston-5” va “O‘zbekiston-6” navli ipak qurtlariga hamda uning ozuqasiga – tut daraxti barglariga  ishlov berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik uyushmasining 2020 yil 30 iyuldagi 4-2/1500-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak qurtining yashovchanligi va hosildorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish