Marupov Azizxon Abbosxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chiziqli muhofaza hudud tuproqlarining monitoringi, ularni baholash va samarali foydalanish (Farg‘ona viloyati misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B460.
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nabieva Gulchexra Mirergashevna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati chiziqli ob’ektlari muhofaza hududlari sug‘oriladigan tuproqlarini GAT asosida raqamli xaritalarni tuzish, tuproq xossalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, ChET bug‘doy xossalariga ta’sirini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari sug‘oriladigan och tusli bo‘z va o‘tloqi saz tuproqlarining agrokimyoviy, agrofizikoviy xossalariga salbiy ta’sir etmasligi hamda bug‘doy o‘simligining mahsuldorlik holatiga salbiy ta’sirlari isbotlangan;
ilk bor GAT texnologiyalari asosida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari muhofoza hududlarining sug‘oriladigan tuproqlari uchun tuproq bonitirovkasi atributiv xaritalari tuzilgan; 
1:2000 dan 1:100000 gacha bo‘lgan masshtabdagi geografik koordinatalarni ko‘rsatgan holda erlarning tuproq tadqiqotlari monitoringini tashkil qilish uchun GAT texnologiyalari takomillashtirilgan; 
tuproqlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi va chiziqli ob’ektlarning muhofaza hududlaridagi erlarini monitoring qilishning GAT texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chiziqli muhofaza hudud tuproqlarining monitoringi, ularni baholash va samarali foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda chiziqli muhofaza hududlari aniq geolakatsiya maydonlarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi hamda viloyat kadastr boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 05/032-4304-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida foydalanadigan chiziqli muhofaza hududlari maydonini aniq geolakatsiyasi maydonlari aniqlangan, mavjud hudud erlarining meliorativ holatini baholash, monitoringini o‘tkazish imkonini bergan;
sug‘oriladigan erlarning 1:10000 masshtabli tuproq bonitirovkasi xaritasi va monitoringi «Raxmonbek zamin Yog‘dusi» fermer xo‘jaligining 13,5 ga, «Farg‘ona Osiana» MChJning 16,4 ga jami 30 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 05/032-4304-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan erlarni unumdorligini oshirish va monitoringini olib borish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish