Qarshieva Umida Shukurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari uchun yumshoq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chilik tizimini takomillashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Qx 62.
Ilmiy maslahatchilar: Xodjaqulov To‘raqul Xodjaqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baboev Saidmurod Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Amonov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan maydonlari uchun kuzgi yumshoq bug‘doyning yotib qolishga, kasallik va zararkunandalarga chidamli, noqulay iqlim sharoitlariga bardoshli, hosildor, yuqori don sifatlariga ega navlarini yaratish,yuqori navdorlik va ekinboplik sifatlariga ega urug‘larini etishtirishning ilmiy asoslangan jadallashgan urug‘chilik sxemasini hamda yangi navlarning samarali agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qimmatli seleksion belgilarga ega bo‘lgan yumshoq bug‘doyning jahon kolleksiyasi nav namunalar Samarqand va Jizzax viloyatining sug‘oriladigan erlar sharoitida o‘rganilib, qimmatli xo‘jalik belgilariga tashqi muhit noqulay omillariga (sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka, kasalliklarga va yotib qolishga) chidamli bo‘lgan namunalar boshlang‘ich manba sifatida tanlangan;
yumshoq bug‘doyning geografik uzoq shakl duragay bo‘g‘inlarida (F1-F2) sariq zang kasalligiga chidamliligining irsiylanish xususiyatlari aniqlangan;
yumshoq bug‘doyning kalta poyalik belgisining turli donorlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarning (F1-F3) qimmatli xo‘jalik belgilarining avloddan avlodga o‘tish xususiyati va miqdoriy belgilarining korrelyativ bog‘liqligi aniqlangan.
Oddiy va murakkab chatishtirshlar asosida 64 ta jumladan kalta poyali Rht-1, Rht-2, Rht-3, Rht-5 donorlar asosida 43 duragay kombinatsiyalarining F1-F3 bo‘g‘inlarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
yangi yaratilgan yumshoq bug‘doyning “Qipchoqsuv” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i uchun NAR 20170030 raqami bilan ixtiro patenti ro‘yxatga olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi №02/021-2951-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand va Jizzax viloyatlarining sug‘oriladigan erlarida kuzgi va bahorgi muddatlarda ekish yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini bergan;
yangi yaratilgan Qipchoqsuv navi 2017-2019 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasida 9,5 gektar, Samarqand viloyati Tayloq tumanida 12 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi №02/021-2951-son ma’lumotnomasi). Natijada 2017 yilda 66,6 s/ga, 2018 yilda 55,2 s/ga va 2019 yilda 76,7 s/ga don hosili olingan;
yangi yaratilgan yumshoq bug‘doyning "Qipchoqsuv" navi (Marjon X K-429286) X Sanzar-8 )) duragay kombinatsiyasidan ko‘p qirrali yakka tanlash uslubida yaratilib, nav abiotik va biotik omillarga chidamli va nazorat Zamin-1 navidan 2-Z kun ertapishar va hosildorligi 70-75 s/gani tashkil etgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi №02/021-2951-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan rayonlashtirilgan boshqa kuzgi bug‘doy navlariga nisbatan 8-12 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.