Kurbanov Daniyar Rozumbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish uslubiyati va undirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt80.
Ilmiy rahbar: Malikov Tahir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Soliq akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning amaldagi stavkalari darajasini maqbullashtirish hamda mazkur soliqni to‘lovchi sub’ektlar doirasini aniqlashtirish orqali uning byudjet daromadlarini shakllantirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalariga ta’sirchanligi kuchaytirilgan;
suvdan sanoat ishlab chiqarishi maqsadida foydalanuvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi takomillashtirilgan;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ta’sirchanligini kuchaytirish yo‘nalishlari belgilangan va ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va undirish jarayonlaridagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda uyg‘unlashtirish orqali uning takomillashgan mexanizmi tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ–2270-sonli qarorining 14-ilovasini tayyorlashhda foydalanilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 19 oktyabrdagi 16/1-23251-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Davlat byudjetiga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan suv resurslaridan foydalanganlik uchun 2015 yilda 11,4 mlrd. so‘m va 2016 yilda 11,1 mlrd. so‘m miqdorida soliq hisoblangan va undirilgan;
alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 28 yanvardagi 2, 2016-03-son qo‘shma qaroriga asosan amaliyotga joriy etilgan (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 24 fevralda 2765-son bilan ro‘yxatga olingan). Mazkur taklif asosida «Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom ishlab chiqilgan.