Sulaymonova Zilola Abduraxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ferrotsen hosilalari asosida kompleks birikmalar sintezi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K307.
Ilmiy rahbar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Husenov Qaxramon Shayimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferrotsenning mono-, β-dikarbonil hosilalari bilan mono-, dikarbon kislota gidrazon hamda digidrazonlari kabi organik ligandlar, ular asosida Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor ferrotsenning mono- va β-dikarbonil hosilalari bilan mono-, dikarbon kislota gidrazon hamda digidrazonlarini olish usullari ishlab chiqilgan. 12 ta yangi organik ligand va ular asosida 36 ta Ni(II), Cu(II) va Zn(II) ionlarining kompleks birikmalari sintez qilingan; 
yangi kompleks birikmalar xromoforlarning d-π tipiga kirishi hamda tor oraliqli yarimo‘tkazgich xususiyatini namoyon qilishi aniqlangan;
Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining atsetatli tuzlarini ferrotsenning mono- hamda β-dikarbonil hosilalari bilan kompleks birikmalarining termik barqarorligi Ni(II)<Zn(II)<Cu(II) qatorida ortib borishi isbotlangan; 
Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Fe(II) kabi mikroelementlarni saqlovchi  g‘o‘zaning o‘sishi, etilishini tezlashtiruvchi hamda hosildorligini oshiruvchi yangi samarali stimulyatorlar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ni(II), Cu(II) va Zn(II) ning ferrotsen β-dikarbonil hosilalari bilan yangi kompleks birikma-larining sintezi, tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy va biofaollik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
FK-1 (NiL5∙NH3), FK-2 (ZnL6∙NH3) va FK-3 (CuL7∙NH3) preparatlari Buxoro shahar “Navro‘z Hamza” fermer xo‘jaligining dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil dekabrdagi 02/020-4385-son ma’lumotnomasi). Natijada, preparatlar bilan ishlov berilgan g‘o‘za chigitlarining unib chiqish muddati nazorat variantiga nisbatan o‘rtacha 9,1-12,78% ga, ko‘saklarning ochilish vaqti ham o‘rtacha 3,50-5,6% ga tezlashish imkonini bergan; 
sintez qilingan tarkibida azot hamda o‘simliklar uchun hayotiy muhim Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Fe(II) kabi mikroelementlarni tutgan kompleks birikmalar Buxoro shahar “Navro‘z Hamza” fermer xo‘jaligining dalalarida g‘o‘zaga o‘sishini tezlashtiruvchi, fitoimunitetini mustahkamlovchi, zamburug‘li va bakterial fitopatogenlarga qarshi  ta’sir etuvchi preparat sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil dekabrdagi 02/020-4385-son ma’lumotnomasi). Natijada, FK-1, FK-2 va FK-3 preparatlari ta’sirida g‘o‘zaning fuzarioz vil`t kasalligiga chalinishi nazorat maydoniga nisbatan o‘rtacha 5,4-11% ga kamaygan, hosildorlikni o‘rtacha 2,34-3,96 s/ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish