Xolmatova Nigora Yakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin A’zamning adabiy-estetik qarashlari”, 10.00.02¬ – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil692.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorova Marhabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Abdug‘ofir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islomjon Axmedjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin A’zamning adabiy-estetik qarashlarini aniqlashtirish, adibning olam va odamga shaxsiy pozisiyasini ifoda etgan badiiy ijodi va publisistik janrlarini yonma-yon qo‘yib o‘rganish, ikki xil ijod turida yozuvchining adabiy estetik qarashlarining zuhur topishini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida oila, ta’lim-tarbiya, ustoz ijodkorlardan namuna olish va ilk ijodiy bosqichdagi liro-romantik kayfiyat muhim ahamiyat kasb etganligi va ijodiy uslubning yetakchiligi dalillangan;
kinoya va zaharxanda kulgi nasriy va dramatik asarlarida ham yozuvchining badiiy-g‘oyaviy pozisiyasi va estetik idealini namoyon etuvchi vositaga aylanganligi dalillangan;
asarlaridagi ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqinida, shuningdek, yozuvchining adabiy-estetik qarashlarini namoyon etishda kinoya va zaharxanda kulgining ustunligi isbotlangan;
yozuvchi badiiy publisistikasida e’tibor qaratilgan ijtimoiy, maishiy, ma’naviy-axloqiy muammolarning umummilliy va global ahamiyatga egaligi, bu borada yozuvchining fiqra janridagi bashariyat va jamiyatimiz oldiga qo‘ygan taklifi va eskirgan milliy an’analar hamda ijtimoiy illatlarga qarshi murosasozligi, muallifning estetik olami, keskir mulohazalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin A’zam adabiy-estetik qarashlari masalasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar quyidagi asosda joriylangan:
muallif adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida oila, ta’lim-tarbiya, ustoz ijodkorlardan namuna olish va ilk ijodiy bosqichdagi liro-romantik kayfiyat muhim ahamiyat kasb etganligi va ijodiy uslubning yetakchiligiga oid xulosalaridan OT-F1-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari. 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 25 yanvardagi 3/1255-223-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin A’zamning adabiyot, ijod, badiiyat, janrlar, davr va zamon muammolari haqidagi adabiy-estetik qarashlarini “Kirish so‘z”da yoritib berishda asos bo‘lgan;
kinoya va zaharxanda kulgi nasriy va dramatik asarlarida ham yozuvchining badiiy-g‘oyaviy pozisiyasi va estetik idealini namoyon etuvchi vositaga aylanganligi xususidagi xulosalaridan OT-F1-80- “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 3/1255-2435-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin A’zam badiiy-publisistikasining janrlar rang-barangligi, yozuvchining bu janr va mavzuga qo‘shgan yangiliklari; adabiyot, ijod, badiiyat, janrlar, davr va zamon muammolari haqidagi adabiy-estetik qarashlari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarining natijalari loyiha doirasida chop etilgan “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” (Toshkent: Muharrir, 2018) jamoaviy to‘plamni yaratishga asos bo‘lgan;
asarlaridagi ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqinida, shuningdek, yozuvchining adabiy-estetik qarashlarini namoyon etishda kinoya va zaharxanda kulgining ustunligi borasidagi xulosalardan A-1-059 raqamli “Abdulla Qahhor Istiqlol adabiy ko‘zgusida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 01-12-10-5063-son ma’lumotnomasi). Natijada maqola, tadqiqot yuzasidan chop etilgan tezis va boshqa materiallari bilan ham grant xulosalari va muzey fondini boyitishga asos bo‘lgan;
yozuvchi badiiy publisistikasida e’tibor qaratilgan ijtimoiy, maishiy, ma’naviy-axloqiy muammolarning umummilliy va global ahamiyatga egaligi, bu borada yozuvchining fiqra janridagi bashariyat va jamiyatimiz oldiga qo‘ygan taklifi va eskirgan milliy an’analar hamda ijtimoiy illatlarga qarshi murosasozligi, muallifning estetik olami, keskir mulohazalari va bu borada yozuvchi taklifi va mulohazalari O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Taqdimot” radioeshittirish va ko‘rsatuvlarning ssenariylarida (2020 yil iyul`-avgust) tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 3 sentyabrdagi 04-25-795-son ma’lumotnomasi; “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 2 avgustdagi 02-40-1258-son ma’lumotnomasi). Natijada ilm muxlislari va adabiyot shinavandalariga Erkin A’zamning adabiyot, ijod, badiiyat, janrlar, zamon muammolari haqidagi adabiy-estetik qarashlarini keng miqyosda o‘rganish bo‘yicha bir qator tahliliy mulohazalar taqdim etildi;
Yozuvchilar uyushmasi Nasr, Adabiy tanqid ijodiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatlarida, 2020 yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan adabiy kechalarda, ilmiy-nazariy konferensiya va yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 19 maydagi 09-32/11-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek nasrining taniqli vakillaridan biri Erkin A’zam nasri va publisistikasiga xos muhim zamonaviy muammolarning badiiy va publisistik talqinidagi kinoya va unga xos vositalar; “Shovqin” romani, “Bayramdan boshqa kunlar”, “Zabarjad”, “Otoyining tug‘ilgan kuni”, “Shoirning to‘yi” qissalari tahlili o‘quvchilarning bilim doirasini oshirishga xizmat qilgan.