Xamroev Ulug‘bek Abdurashidovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash taktikasi va usulini tanlash», 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019/2/PhD/Tib1012
Ilmiy raxbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomli Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. turli xil operatsiya usullarining samradorligini qiyosiy baxolash yo‘li orqali chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda Grishprung kasalligini jarroxlik davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak yoshdagi bolalarda uchraydigan Girshprung kasalligida yo‘g‘on ichak rezeksiya qilingan soxalari patomorfologik o‘zgarishlar kolitning proliferativ yallig‘lanish, atrofik-sklerotik va shish-destruktiv morfologik shakllaridan biriga olib kelishi asoslangan;
ko‘krak yoshdagi bolalarda Girshprung kasalligida yo‘g‘on ichakda kaprostaz xisobiga nerv tugunlarining ikkilamchi destruksiyasi, nerv uramlarining atrofiyasi va proksimal suprastenik kengaygan uchastka dizgangliozi rivojlanishi asoslangan;
Girshprung kasalligida ichakning suprastenik kengaygan qismining 5 sm gacha bo‘lgan oraliqda gipo-, dizganglionar jaroxatlanishi operatsiyadan keyingi uzoq muddatlarda gipoperistal`tikaga olib kelishi aniqlangan;
Girshprung kasalligining distal shakllarida yo‘g‘on ichakni transanal endorektal tushirish, jarroxlik amaliyotini qullash kichik chanoq a’zolarini jaroxatlanishi va qon yo‘kotishlarni kamayishiga olib kelishi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash taktikasi va usulini tanlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
ko‘krak yoshdagi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Ko‘krak yoshdagi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 8n-r\466-son ma’lumotnomasi). Chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda Girshprung kasalligini davolash – diagnostik algoritmni qo‘llash orqali kasallikni erta bosqichlarda aniqlash, xirurgik davolash usulini eng samarali usulini tanlash, asoratlarni kamaytirish, shuningdek, kasalxonada davolanish muttadini qisqartirishga imkon yaratgan;
chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qashqadaryo viloyat bolalar tibbiyot markazida va Toshkent shahri 1-shaxar klinik bolalar shifoxonasida tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-z\257-sonli). Taklif etilgan kompleks yondoshuv Girshprung kasalligi bor bolalar diagnostikasi va davolash sifatini oshirishga zamin yaratib, asoratlar chastotasini 2,1 barobar kamaytirishga, davolash davomiyligini 31,5% ga qisqartirishga, davolash narhini 29,2% ga tushirishga imkon bergan.