Sharipov Fazliddin Galievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek zamonaviy morfologik nazariyasining shakllanishi, taraqqiyot tendensiyalari va istiqbollari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil151.
Ilmiy maslahatchi: Tojiev Yormat, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek ilmiy morfologiyasining taraqqiyot bosqichlari, grammatik kategoriyalar, so‘z yasalishi hamda o‘zbek zamonaviy morfologiyasining yangi amaliy bosqichi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligining o‘rta asrlarda shakllanib, avvalo, hind, so‘ngra arab va fors tillari grammatikalari ta’sirida taraqqiy etganligi, o‘zbek nazariy morfologiyasining ildizlari ham shu davrda yaratilgan lug‘atlarda mujassamlashganligi hamda uning XX asrning 40-50 yillarida rus tilshunosligi ta’siri va andozaviyligi asosida mustaqil tizimli ta’limot darajasiga ko‘tarilganligi asoslangan;
o‘zbek tilshunosligiga sistem-struktur metodning kirib kelishi bilan morfologik kategoriyalar va shakllar sirasida milliy tilimizning agglyutinativ xususiyatlaridan kelib chiqqan holda morfologiyada o‘zgarishlar qilinganligi, lison va nutqning aniq, izchil farqlanganligi, umumiy, oraliq, xususiy, yondosh, hamroh grammatik ma’no-tushunchalarning o‘rnashganligi, qarashlilik, o‘zgalovchi va harakat tarzi kabi yangi kategoriyalar ochilganligi, grammatik shakllarda kategorial va nokategorial jihatlar yangicha asosda farqlanganligi aniqlangan;
yangi so‘zlar shakllanishida so‘z yasalishi va derivatsiyaning farqlanishi sabab, yasama so‘z va yasalgan so‘z, so‘z yasash qolipi va hosilasi tushunchalarida yangicha qarash yuzaga kelganligi va ommalashgani, so‘z yasalishining oniy hodisa ekanligiga e’tibor qaratilib, shu ma’noda evolyusiya natijasi bo‘lgan qo‘shma so‘zlarning yasalma ekanligi haqidagi fikrlarda arxaiklashuv jarayoni ketayotganligi, bu o‘zgarishlarning morfologiya uchun ham muhim qarash ekanligi isbotlangan;
o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish, tarjima dasturlarini ishlab chiqish, morfologik analizatorni yaratish, morfologik-avtomatik analizator dasturini tuzish morfologik lug‘atlarsiz amalga oshmasligi, morfologik shakllar lug‘ati yaratilishiga olib kelgan sintetik-formal-struktur-analitik shakllar uzluksiz zanjir ekanligi asoslangan;
o‘zbek tili grammatik kategoriyalari hamda so‘z turkumlari tizimidagi ayrim o‘ziga xos otlarga xos qarashlilik-tegishlilik – possesivlik kategoriyasi mavjudligi masalasi, o‘zbek tili kelishiklar tizimi masalasi, ularning soni muammosini hal qilish, yuklama va modal so‘zlar munosabatiga aniqlik kiritish kabi holatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek zamonaviy morfologik nazariyasining shakllanishi, taraqqiyot tendensiyalari va istiqbollari mavzusini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari, har bir bosqich, yo‘nalish asoschilari va davomchilari, yetakchi olimlarning fundamental ilmiy qarashlari, shuningdek, munozarali hamda bir-birini inkor etuvchi jihatlari, o‘zbek tilshunosligining sintezlashgan (universal-integratsion) tasnif metodi asosida rivojlanishining ziddiyatli va o‘ziga xos xususiyatlarining aniqlanishi, o‘zbek tili morfologiyasining sistem-struktur bosqichini chuqurroq o‘rganish alohida o‘rin tutishi, keyingi bosqich – o‘zbek zamonaviy morfologiyasining yangi amaliy bosqichiga o‘tish zarurati kabi masalalarga oid dissertatsiya natijalari va ilmiy xulosalaridan 2018–2020-yillarda bajarilgan BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovozli sintezatorini ishlab chiqish” amaliy grant loyihasi asosida “UzNutq Sinteztor” nomli kompyuter dasturi (Toshkent, 2020) ma’lumotlar bazasini tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 04/1-1570-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili qurilishiga sinxron-formal, sistem-struktur, substanusial tasnif usullarini sintezlashtirgan holda bugungi kun ilmiy qarashlari asosida yondashuv, yetakchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari zamonaviy tilshunoslik taraqqiyoti uchun nazariy manbalar bo‘yicha tavsifiy ma’lumotlar kengaygan;
zamonaviy morfologiyada so‘z turkumlari tasnifining takomillashish jarayonining lingvistik tadqiqotlar sirasida tatbiq etilishi, grammatik kategoriyalar talqini, so‘z yasalishi muammolari talqini va uning standartlashuvi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2015–2017-yillarda bajarilgan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 29 sentyabrdagi 17-01/174-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari so‘z yasalishi, so‘z yasalishi qolipi, yasama so‘z va yasalgan so‘z kabi morfologiya uchun ham muhim bo‘lgan yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
leksik birliklar yasalishining morfologiyaga aloqador lingvistik asoslari haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2015–2017-yillarda bajarilgan FA-A-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingivistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzudagi amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 29 sentyabrdagi 17-01/174-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari maqol va matallardagi leksik birliklarning yasalishi kabi yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
lison va nutqning farqlanishi hamda tilga sistema sifatida yondashuvning o‘zbek tilshunosligiga ta’siri, shuningdek, grammatik shakl yasovchilar lison va nutq sathida, so‘zlarning morfologik guruhlari, kategoriyalari kabi ilmiy-nazariy muammolarni yoritishda 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan «Hozirgi o‘zbek tili» darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-1567-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu darslikdagi lison, nutq, til munosabati, til sathlari, til birliklari talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyigan;
Abdurauf Fitrat, G‘ozi olim Yunusov, Qayum Ramazon singari ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan o‘zbek tilshunosligining morfologiya bo‘limiga oid asosli fikrlar bildirilgan bo‘lib, shartli ravishda «ilmiy o‘rganishga kirishish» davri deyilgan, ushbu davr bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yilda efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 1 noyabrdagi 02-40-1702-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar ilmiy faktik jihatlari boyitilgan.