Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning pedagogik strategiyalari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped244.
Ilmiy maslaxatchi: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamurov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirish strategiyalarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitet pedagogik jarayon sub’ektlari amal qiladigan axloqiy namuna ko‘rsatish, tanlagan idealiga muvofiq o‘z hayotiy faoliyati yo‘nalishini belgilash hamda tarbiyalash prinsiplarining didaktik imkoniyatlarini geymifikatsiyaga refleksiv moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
darsdan tashqari pedagogik jarayonlarda o‘quvchilarning tanlov imkoniyatlari “ommaviy madaniyat” bilan milliy madaniyatni o‘zaro farqlash ko‘nikmasi hamda mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini biri-biriga zid ikki holatdan birini tanlashga qaratilgan Dilemma texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchining xulq-atvorini “Pozisiya – asos – misol – natija”, “Tushunchalar assotsiasiyasi”, “Yaxshi – yomon” kabi pedagogik strategiyalar gender farqlar, rollar, ko‘nikmalar, madaniyat shakllari o‘g‘il va qiz bolalar madaniy immunitetining xususiyatlari tarbiyaviy ishlar jarayoniga milliy o‘zlikni anglash tushunchasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitet bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, kasbiy ahamiyatli sifatlarni va ta’lim jarayonining raqamli avlodini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirish modeli o‘smirlik davrida o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish hamda milliy g‘oya targ‘ibotini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitet pedagogik jarayon sub’ektlari (pedagog, ota-ona, tengdosh) amal qiladigan axloqiy namuna ko‘rsatish, tanlagan idealiga muvofiq o‘z hayotiy faoliyati yo‘nalishini belgilashga qaratilgan tizimli faoliyat va tarbiyalash prinsiplarining didaktik imkoniyatlarini o‘yin (geymifikatsiya)dan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 02-07-392/04-son dalolatnomasi). Natijada, gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning falsafiy, psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;
darsdan tashqari pedagogik jarayonlarda o‘quvchilarning tanlov imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan Dilemma (biri-biriga zid ikki holatdan birini tanlash)larni qo‘llash, “ommaviy madaniyat” bilan milliy madaniyatni o‘zaro farqlash ko‘nikmasini mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 02-07-392/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘quvchilar ongiga “ommaviy madaniyat”ni singdiruvchi vositalar, gender madaniyatning zamonaviy shakllarini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-pedagogik omillarni takomillashtirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchining xulq-atvorini “Pozisiya – asos – misol – natija”, “Tushunchalar assotsiasiyasi”, “Yaxshi – yomon” kabi pedagogik strategiyalar gender farqlar, rollar, madaniyat shakllari, ko‘nikmalar o‘g‘il va qiz bolalar madaniy immunitetining xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar FZ-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizasiyalash va unifikasiyalash parametrlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 02-07-392/04-son dalolatnomasi). Natijada, gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
pedagogik faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirish borasidagi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, kasbiy ahamiyatli sifatlarni va ta’lim jarayonini raqamli avlodga moslashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 02-07-392/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘smirlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning pedagogik strategiyalarini samaradorlik darajasi monitoringi natijalarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlashga erishilgan;
gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirish modeli voqea-hodisalar, tasodifiy hodisalarni interpretasiyalash, bahs-munozaralar vositasida o‘quvchilarning o‘z do‘stlarini qanday topishlari va ular e’tiborini qozonishlariga xizmat qiladigan strategiyalarning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha fikrlar FZ-2016-0910202206 – “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 02-07-392/04-son dalolatnomasi). Natijada, gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning pedagogik jihatlarini aniqlash imkoni oshirilgan.