Mirzaeva Dilshoda Ikromjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-ingliz tillaridagi maqol va matallarning lingvokul`turologik hamda pragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ailologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.4.PhD/Fil 1450. 
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-ingliz tillaridagi maqol va matallarning xalq milliy-madaniy, kognitiv tafakkurini voqelantirishdagi konseptual hamda lingvokul`turologik o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek lingvomadaniyatida “ona” konseptining paremik birliklar bilan ifodalanish darajasi balandligi, ingliz lingvomadaniyatida esa utilitar va moddiy qadriyatlarning paremalar orqali ko‘proq o‘z ifodasiga ega bo‘lishi dalillangan;
o‘zbek-ingliz maqol va matallarida mehnatkashlik, makon va zamon, erkinlik tushunchalari mushtarak baholanishi, vatanparvarlik va oilaviy munosabatlar esa aksiologik jihatdan farqlanishi ko‘rsatib berilgan;
maqol va matallarning so‘zlashuv va badiiy diskursda modal munosabatlarni hamda insonning axloqiy, intellektual, estetik va emotsionallik darajalarini ifodalashi dalillangan;
har ikki tilda qiyoslanayotgan maqol va matallarda milliy-madaniy konnotatsiya aks etishi, shu konnotatsiyalar asosida inglizlarda inson o‘z taqdirini boshqarishiga ishonishi, o‘zbeklar esa taqdirning bitilganiga ishonchi aks etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-ingliz tibbiy terminlari va ularning lingvokul`turologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turli tillarda “ona” konseptining serqirra va  paremik ifodalarga boyligi, ingliz lingvomadaniyatida esa moddiy qadriyatlarning  shunday xususiyatga ega ekanligi xususidagi №OT-A1-53 davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi amaliy loyihasi doirasida yaratilgan “Translation in use” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 13 noyabrdagi  IRD/21185-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitildi, xususan, ushbu loyihaning til va tafakkur, til va madaniyat munosabatlariga doir nazariy asoslari takomillashtirilgan;
o‘zbek-ingliz maqol va matallarida aniqlangan mushtarak hamda farqli xususiyatlar xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016) va FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17.01/07-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq naql-maqollarining o‘ziga xos jihatlarining lingvistik tadqiqi nazariy jihatdan boyitilgan;
maqol va matallarning diskursda modal munosabatlarni hamda insonning axloqiy, intellektual, estetik va emotsionallik darajalarini ifodalashi haqidagi ilmiy xulosalardan Ausbildung und Arbeit Plus GmbH o‘quv markazi ma’ruzachisi Johan Meyer o‘z darslarida foydalangan (Ausbildung und Arbeit Plus GmbH o‘quv markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 151/21-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchi talabalar uchun mo‘ljallangan ma’ruzalar mazmuni boyitilgan;
maqollar qo‘llangan badiiy diskursning mental, ruhiy va emotsional jihatlari, pragmatik potensialiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Respublika ijodkorlari uyushmasi loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi 01-03/1620-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy diskursda paremiologik birliklar vositasida namoyon bo‘ladigan emotsional-ekspressiv, stilistik va pragmatik  tamoyillari ijod jarayoni muammolarini hal etishga ko‘maklashgan;
o‘zbek va ingliz tilidagi maqol birliklarining “ona”, “vatan”, “baxt”, “mehnat”  singari madaniy kodlar asosidagi konseptual xususiyatlariga doir xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 9-noyabrdagi O‘zR-04-25-1758-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi maqol va matallarning “ona”, “vatan”, “baxt”, “mehnat” madaniy kodlari haqida radiotinglovchilar yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldi hamda ushbu eshittirishlar ssenariysi mazmunan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish