Oripov Oqilxon Il`yos o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi: oftal`mologik belgilarining xususiyatlari, davolash va profilaktikasi» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1675/
Ilmiy rahbar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01. 
Rasmiy opponentlar: Astaxov Sergey Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kasimova Munira Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi. COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozini oftal`mologik xususiyatlarini o‘rganish va davolash hamda diagnostik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi rivojlanishining asosiy xavf omillari, oftal`mologik ko‘rinishlari, klinik polimorfizmi va sindromli variantlari bilan kasallanish holatlari aniqlangan;
MRT tekshiruvining yupqa kesmali (0,6-1,5 mm) TSE va Dark Fluid T2  rejimlarida COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozini vizualizatsiya qilish, uni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash va og‘ir asoratlarini oldini olishga yordam berishi samaradorligi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozini davolash samaradorligining laboratoriya ko‘rsatkichlari asoslangan;
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi bilan og‘rigan bemorlarda orbitadagi yiringli yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi paytida uning medial devor orqali endoskopik dekompressiya usulidan foydalanish endoftal`mit va panoftal`mit rivojlanish xavfini kamaytirishi, bu esa ko‘z olmasini organ sifatida saqlanishiga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozida diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining tashxisi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining nur tashxisi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n - d/209-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi belgilarini nur tashxisi yordamida erta aniqlashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;  
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozini xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozini xirurgik davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n - d/210-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining xirurgik davolash usulining natijalarini taqdim etib, yiringli yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish va septik asoratlarning keyingi rivojlanishi bilan uning tarqalishini oldini olishning samarali amalga oshirish imkonini bergan;
«COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozining erta nur tashxis usuli» uchun Xalqaro intellektual mulk agentligigining mualliflik guvohnomasi olingan («Method of early imaging in COVID-19 associated thrombosis of the cavernous sinus». The owner of «INTEROCO International Online Copyright Office». №ES-01-003382; 12 October 2021. European Depository. Germany, Berlin). Mazkur usul COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozida MRT tekshiruvining yupqa kesimli 0,6-1,0 mm TSE Dark Fluid T2 rejimi bo‘lib, orbital tomirlar va orbitaning o‘zgargan strukturalari darajasida trombni vizualizatsiya qilishdan iborat va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va tegishli davolashni boshlashning samarali imkonini bergan;
COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi: kechish xususiyatlari, davolash va profilaktikasiga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazining Termiz va Buxoro filiallari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 8n - d/193-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish COVID-19 bilan bog‘liq kavernoz sinus trombozi bo‘lgan bemorlarni tashxislash sifatini yaxshilash va davolash samaradorligini oshirishga imkon berdi, bu esa asoratlarni hamda o‘lim foizini 2,4 barobar kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish