Evseeva Galina Borisovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Foraminifer komplekslarining evolyusiyasi va fatsial differensiyalanishi, ularning yura havzasidagi neft` va gazga boy Buxoro-Xiva mintaqalari sedimentatsiyasining biostratigrafik tarxini detallashtirishdagi roli», 04.00.05–Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/GM9.

Ilmiy maslahatchi: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universiteti filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.

Rasmiy opponentlar: Abduazimova Zoya Musaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xusanov Sultanboy Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Troiskiy Vitaliy Ivanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, akademik.

Yetakchi tashkilot nomi: Geologiya va geofizika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yura davriga oid neft`-gazga boy qatlamlarni ajratish va ularini o‘zaro hamda hududlararo o‘zaro bog‘lashda zamonaviy biostratigrafik bazani ishlab chiqish hamda Buxoro-Xiva regionidagi yura davriga oid terrigen va karbonat yotqiziqlaridagi shakllangan foraminiferlarning rivojlanish bosqichlari hamda fatsial differensiyalanishini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

neft` va gazli Buxoro-Xiva regionidagi yura davriga oid terrigen va karbonat yotqiziqlardagi foraminiferlarning izchil tizimli tarkibi va miqdoriy taqsimlanishi aniqlangan;

foraminiferlar uyushmasining rivojlanish bosqichlarini o‘rnatish imkonini bergan taksonlarni tuzilishida xilma-xil  o‘zgarishlar va ustun bo‘lgan taksonlarning almashinuvi aniqlangan;

neft`-gazli Buxoro-Xiva regionidagi yura davri terrigen va karbonat formatsiyalarida rivojlangan foraminifer komplekslari monografik tavsiflandi, foraminiferlarning 34 turi va 26 avlodi aniqlangan;

O‘zbekiston hududida hanuzgacha uchramagan, qo‘shimcha materiallar yig‘ilganidan so‘ng yangi tur sifatida ajratiladigan foraminiferlar asoslangan;

foraminiferlar taksonlari uyushmalarining xilma-xilligi aniqlangan, ular orasida regionlararo va global bog‘liqlikni amalga oshirish imkonini beradigan geografik keng tarqalgan takson-migrantlar aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Foraminifer uyushmalarining rivojlanishini yura davri karbonat va terrigen formatsiyalari yotqiziqlarning litologik-stratigrafik xususiyatlarini, paleontologik tavsiflari va ularning rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilish natijalari asosida:

rif rezervuarlarining neft` va gaz zaxiralarini aniqlash va razvedka qilish, neft` va gazli Buxoro-Xiva regionidagi yura davri karbonat formatsiyasi yotqiziklarning biostratigrafik strukturasini aniqlash uslublari hududda geologik-qidiruv ishlariga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 21 sentyabrdagi 16/2-78-son ma’lumotnomasi). Natijada organogen qurilmalarni tasniflashga yagona yondashuvni ishlab chiqish, neft` va gazli Buxoro-Xiva regionidagi yura davri karbonat formatsiyasi yotqiziklarning biostratigrafik strukturalari hamda organik qoldiqlarini aniqlash va tavsiflash imkonini bergan;

Buxoro-Xiva regionida Kosontog‘, Sartepa konlari va maydonlari, Arniyoz-Marjonshoda, Ko‘ltog‘, Qorabayir uchastkalarida neft`-gazga boy istiqbolli hududlarni aniqlashga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 21 sentyabrdagi 16/2-78-son ma’lumotnomasi). Natijada hududda geofizik ishlar yo‘nalishlarini aniqlash, yangi neft` va gaz konlarini ochish va zaxiralarini oshirish imkonini bergan;

To‘rtsari va unga tutash bo‘lgan hududdagi konlarda geologiya va qidiruv ishlarini davom ettirish zarurligini asoslashda foydalanilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 21 sentyabrdagi 16/2-78-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` va gaz konlarida burg‘ulash ishlarini olib borish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish