Niyozov No‘mon Nizomiddinovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energiyasi iste’moli parametrlarini prognozlashning model va algoritmlari (“Uz Truck& Bus Motors» QQ misolida)”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.RhD/T1829.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Reymov Kamal Mambetkarimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik korxonalarining elektr energiya iste’moli parametrlarini prognozlash model va algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasi parametrlarining o‘zgarish qonuniyati umumiy va solishtirma sarf ko‘rsatkichining maxsulot hajmi asosida takomillashtirilgan;
elektr energiya iste’molini prognozlash modeli va algoritmi texnologik, ishlab chiqarish va meteorologik omillarni hisobga olgan holda sun’iy neyron tarmoqlar asosida takomillashtirilgan;
elektr energiyasining solishtirma sarf ko‘rsatkichlarining maxsulot nomenklaturasi kesimida aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
elektr energiya iste’molini prognozlashning xatoligini kamaytirish usuli dastlabki ma’lumotlar soni va tarkibini rostlash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energiyasi iste’moli parametrlarini prognozlash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasining solishtirma sarfining prognoz ko‘rsatkichini aniqlash usuli «Uz Truck & Bus Motors» MChJ qo‘shma korxonasiga joriy qilingan (“UzAuto” AJning 2021 yil 29-iyundagi 07/05-25-1137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasining solishtirma sarf ko‘rsatkichlarining hisoblash usulini soddalashtirish va aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
elektr energiyasi iste’molini prognozlash ko‘rsatkichi xatoligini kamaytirish usuli «Uz Truck & Bus Motors» MChJ qo‘shma korxonasiga joriy qilingan (“UzAuto” AJning 2021 yil 29-iyundagi 07/05-25-1137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya iste’molini prognozlash xatoligini 3% gacha kamaytirishi imkoni yaratilgan;
elektr energiyasi iste’molini prognozlash modeli va algoritmi «Uz Truck & Bus Motors» MChJ qo‘shma korxonasiga joriy qilingan (“UzAuto” AJning 2021 yil 29-iyundagi 07/05-25-1137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya iste’molini yuqori aniqlikda prognozlash hisobiga korxonaning jarima to‘lovlarini amalga oshirmasligi hisobidan yiliga 103 334 000 (bir yuz uch million uch yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoni yaratilgan.