Kayumova Nasiba Ashurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish” 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped57. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.PED.26.01
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari  doktori, dotsent; Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muminov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini integratsion yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi kasbiy o‘zini o‘zi anglash qobiliyati, kasbiy diqqat, tafakkurning ijtimoiy ahamiyatliligi, aniq va nostandart vaziyatlarda pedagogik faoliyatni vektorli tashkil eta olishi, kasbiy etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini tayyorlashda integrativ ta’limning barcha tarkibiy qismida namoyon bo‘lishi tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, bulutli texnologiyalar, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi omillarini o‘zaro samarali sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materiallarini mediaresurslar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratish jarayoni masofali (Moodle, BigBlueButton, Zoom ) hamda masofasiz (Macromedia Flash 8, AutoPlay Media Studio 8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity, Turbo Sayt va boshq.) tizimlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash tizimi buyurtmachi talablariga adaptiv moslashtirish, talabalarda loyihaviy, innovatsion, integratsion, tadqiqotchilik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirish, axborot tizimlarini qurish tamoyillari, mantiqiy va narrativ ma’lumotlar modellarini yaratish usullari hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida integrativ yondashuv asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompetentligi kasbiy o‘zini o‘zi anglash qobiliyati, kasbiy diqqat, tafakkurning ijtimoiy ahamiyatliligi, aniq va nostandart vaziyatlarda pedagogik faoliyatni vektorli tashkil eta olishi, kasbiy etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i bilan berilgan 538-154-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchisini tayyorlashda elektron ta’lim muhitidan sinxron va asinxron foydalanish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini tayyorlashda integrativ ta’limning barcha tarkibiy qismida namoyon bo‘lishi  tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish algoritmi,  bulutli texnologiyalar, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi omillarini o‘zaro samarali sinxronlashtirish asosida takomillashtiriga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 dekabrdagi 02-074045/04-son dalolatnomasi) Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchisini tayyorlashda integratsiyaning ta’limning barcha tarkibiy qismida namoyon bo‘lishi hamda dasturiy vositalar, serverlar va servis xizmatlari integratsiyasini ta’minlashga erishilgan;
o‘quv materiallarini mediaresusrlar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratishning masofali (Moodle, BigBlueButton, Zoom ) hamda masofasiz (Macromedia Flash 8, AutoPlay Media Studio 8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity, Turbo Sayt va boshq.) tizimlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i bilan berilgan 538-154-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchisini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasi modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini buyurtmachi talablariga adaptiv moslashtirish, talabalarda loyihaviy, innovatsion, integratsion, tadqiqotchilik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 dekabrdagi 02-074045/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish” fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda integrativ, innovatsion, loyihalash va tadqiqotchilik, mustaqil ishlash kompetentsiyalarini buyurtmachi talablariga muvofiq takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirish, axborot tizimlarini qurish va tasniflash tamoyillari, mantiqiy va narrativ ma’lumotlar modellarini yaratish usullari hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i bilan berilgan 538-154-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish