Fayzieva Mahbubaxon Raximjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimlarni yaratish», 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped99.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh ilmiy-metodik markaz.

Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimni yaratish va Web dasturlash fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Web server, Web texnologiya, ma’lumotlar bazasini boshqarish «Web dasturlash» fani tuzilmasi va mazmuni takomillashtirilgan;

talaba bilimiga asoslanib darajalangan mediata’limni amalga oshiruvchi, integratsiyalangan axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan Web tizimning pedagogik loyihasi ishlab chiqilgan;

Web texnologiyalarga asoslangan, dinamik sahifalarga qurilgan, masofadan turib kompyuter yoki mobil` texnologiyalari yordamida ta’lim olish imkonini beruvchi hamda o‘quv jarayoni sub’ektlari faoliyati integratsiyasini ta’minlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizim tarkibi, mazmuni va dasturiy ta’minoti (platformasi) ishlab chiqilgan;

«Web dasturlash» fanini o‘qitish metodikasi o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizim hamda «Blended learning» texnologiyasi asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimlarni yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik takliflar va yaratilgan o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizim asosida:

«Web dasturlash» fanidan o‘zbek tilidagi axborot-ta’lim resurslari, o‘quv jaryoniga moslashuvchi Web tizimlarni yaratish texnologiyasiga oid takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan «Web texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (№ 82-057). Mazkur o‘quv qo‘llanma «Web dasturlash», «Web dizayn» fanlarini o‘qitishda asosiy adabiyot sifatida oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, milliy axborot tizimlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

mediaresurslarni yaratish va o‘qitish tizimlaridan foydalanish, masofadan turib mustaqil ta’lim olish imkonini beruvchi va o‘quv jarayoni ishtirokchilari faoliyatini integratsiyasi hamda mobillikni ta’minlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimdan foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha takliflardan YuNESKOning «Supporting Competency-Based Teacher Training Reforms to Facilitate ICT-Pedagogy Integration» mintaqaviy loyihasida oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan berilgan 2016 yil 19 dekabrdagi UNESCO/TAS/EDU/16/425-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning elektron ta’lim tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari bilan ishlash va ularning elementlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;

talabalarning bilim darajasini hisobga olgan holda darajalangan mediata’limni amalga oshiruvchi, integratsiyalangan axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik loyiha va moslashish modeliga oid takliflari asosida pedagog va talaba faoliyati integratsiyasini ta’minlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizim amaliyotiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 4 yanvardagi 89-03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonining monitoringini olib borish avtomatlashtirilgan va o‘qitish sifatini baholashning yagona yondashuv asosida tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish