Djuraeva Dilnoza Shakirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muammoli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1349/
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Xamid Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni kommunikativ nostandart topshiriqlarning didaktik funksiyalarini o‘zaro dialektik qonuniyatlariga integratsiyasini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli fanlararo, tuzilmaviy-funksional, emotsional-integrativ kasbiy tayyorgarlik darajalari, samarali fikrlash, tasavvur, motivatsiya, intellektual his-tuyg‘ular uzviyligini diagnostik aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi kommunikativ-jarayonli, natijaviy-mantiqiyli va pedagogik mazmunga didaktik tavsiyalar tipologiyasini refleksiv differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyati pedagogik faoliyati davomida davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarligini ta’lim mazmunining shakli hamda uzluksizligiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni kommunikativ nostandart topshiriqlarning didaktik funksiyalarini o‘zaro dialektik qonuniyatlariga integratsiyasini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va xulosalar asosida “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘lanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 522-034-raqamli guvohnomasi). Natijada, muammoli yondashuv asosida nostandart topshiriqlarning didaktik ta’minotini rivojlantirish imokniyati yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli fanlararo, tuzilmaviy-funksional, emotsional-integrativ kasbiy tayyorgarlik darajalari, samarali fikrlash, tasavvur, kognitiv motivatsiya, intellektual his-tuyg‘ular uzviyligini diagnostik aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘lanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 522-034 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajalarining uzviyligi aniqlash imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi kommunikativ-jarayonli, natijaviy-mantiqiyli va pedagogik mazmunga didaktik tavsiyalar tipologiyasini refleksiv differensiallashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va xulosalar asosida “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘lanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 522-034 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quv muammoli yondashuv asosida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imokniyati yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyati pedagogik faoliyati davomida davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarligini ta’lim mazmunining shakli hamda uzluksizligiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘lanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-son buyrug‘iga asosan berilgan 82-3 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.