Qayumova Aziza Toshmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ibn Xaldun cotsiologik qarashlarida ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlar tahlili»: 22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari” (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/S88.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon Utkirovich, sotsiologiya fanlari doktori; Farfiev Baxramdjan Atxamdjanovich, sotsiologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIII-XIV asrlardagi davlatlar va jamiyatlar shakllari, ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlari va o‘ziga xos boshqaruv xususiyatlari, turli ijtimoiy jarayonlarning makon va zamon mantig‘iga muvofiq amal qilish tendensiyalarini tadqiq etish hamda ushbu murakkab jarayonda Ibn Xaldunning o‘rni va rolini tizimli tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Xaldun ilmiy merosidagi davlat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarining ijtimoiy-siyosiy hayotga pozitiv qarash, voqelikni ratsional anglashning muhim ahamiyati ochib berilgan;
ilm-fan, madaniyat taraqqiyotida Ibn Xaldun qo‘shgan ma’naviy-ma’rifiy hissaning Amir Temur tomonidan e’tirof etilishi hamda mutafakkirning بَدَاوَةٌ – «badava» ta’limoti, (حُدْرَةٌ) – «hadara» (urbanizatsion) yondashuvga qaraganda pozitiv mohiyat kasb etganligi bugungi yangi O‘zbekiston taraqqiyotida amalda namoyon bo‘layotganligi ilmiy asoslangan;
Ibn Xaldun yashagan davrdagi ijtimoiy tabaqalar, ularning jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeining evolyusion tarzda o‘zgarib borishiga oid mutafakkirning prognostik xulosalari ilk marotaba tizimlashtirilgan;
Ibn Xaldunning ma’naviy merosidagi ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlar to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida oila institutini mustahkamlash, madaniy va ilmiy salohiyatni oshirish, tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ibn Xaldun ta’limotining sotsiologik qarashlarida ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlarni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Ibn Xaldun ilmiy merosidagi davlat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarining ijtimoiy-siyosiy hayotga pozitiv qarash, voqelikni ratsional anglashning muhim ahamiyati ochib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi PQ-3721-son «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori bo‘yicha olib borilgan kitobxonlik tanlovlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 3 dekabrdagi 4-15-23-3036-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning qo‘llanilishi keng jamoatchilik va yosh avlod ongiga, tarbiyasiga buyuk mutafakkir ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondoshuvlar asosida singdirish, ularning kelajakda jonajon yurtimiz ravnaqi yo‘lida jonkuyar, fidoiy inson bo‘lib etishishlarida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ilm-fan, madaniyat taraqqiyoti Ibn Xaldun qo‘shgan ma’naviy-ma’rifiy hissaning Amir Temur tomonidan e’tirof etilishi hamda mutafakkirning بَدَاوَةٌ – «badava» ta’limoti, «hadara» – («حُدْرَة») (urbanizatsion) yondashuvga qaraganda pozitiv mohiyat kasb etganligi bugungi yangi O‘zbekiston taraqqiyotida amalda namoyon bo‘layotganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi PQ-3721-son «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha olib borilgan o‘quv seminarlarda, treninglarda, foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Tiklanish partiyasi 2021 yil 3 dekabrdagi № 02/02-395-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk ajdodlar ma’naviy merosini jahonga tarannum etishga va unga nisbatan hurmat va iftixor hissini oshirishga xizmat qiladi.
Ibn Xaldun yashagan davrdagi ijtimoiy tabaqalar, ularning jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeining evolyusion tarzda o‘zgarib borishiga oid mutafakkirning prognostik xulosalari ilk marotaba tizimlashtirilgan holda tahlil etilganligiga oid tavsiyalardan 2020 yilning 24 noyabr kuni qabul qilingan «Milliy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 04/5-11-71-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishi, mafkuraviy immunitetning shakllanishi va ilmiy mushohadasining kengayishiga erishilgan.
Ibn Xaldunning ma’naviy merosidagi ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlar to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida oila institutini mustahkamlash, madaniy va ilmiy salohiyatni oshirish, tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish imkoniyatlari ochib berilganligiga oid taklifi Buxoro viloyati televideniesi tomonidan tayyorlangan «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Assalom Buxoro» va yoshlar tarbiyasiga oid boshqa ko‘rsatuvlar tayyorlashda keng foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 noyabrdagi 1/309-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ko‘rsatuvlarning mushohadalarga boy bo‘lishi va ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, teletomoshabinlarda buyuk mutafakkir ma’naviy merosini chuqur anglashga, yoshlarda vatanparvarlik, ezgulik, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.