Umedov Sherali Xallokovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonidagi asoratlarni bartaraf etish uchun samarali yuvuvchi suyuqliklarni ishlab chiqish», 04.00.11–Quduqlarni burg‘ilashva o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T78.

Ilmiy maslahatchi: Raximov Akbar Kamilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universiteti filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.

Rasmiy opponentlar: Kuliev Yusif Murad o‘gli, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Nadirov Kazim Sadikovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zburg‘ineftegaz» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: quduqlarni burg‘ilashdagi asoratlarga qarshi kurashishda tolali polimer asosida samarali yuvuvchi suyuqliklarni yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

neft` va gaz quduqlarini burg‘ilashdagi asoratlarni bartaraflash uchun iqtisodiy tejamkorligi va mahalliy xomashyodan olish imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadigan yuvuvchi suyuqliklarning samarali tarkibi va tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

yuvuvchi eritmalarning reologik parametrlariga bog‘liq holda burg‘ilangan tog‘ jinsi zarrachalarining cho‘kish tezligi tenglamasini tuzish va quduqda burg‘ilangan zarrachalarining cho‘kish zonasi va traektoriyasi aniqlangan;

murakkab geologik-texnologik sharoitda neft` va gaz quduqlarini asoratsiz burg‘ilashni ta’minlaydigan, agressiv muhitni hosil qilishga asoslangan, ma’lum tarkib va strukturali kompazision polimer reagentlarni qo‘llab, turg‘unlashgan yuvuvchi eritmalarni yaratishning ilmiy va fizik-kimyoviy asoslari aniqlangan;

burg‘ilash quvurlarida va halqasimon bo‘shliqda yuqori elastik ko‘rinishda harakatlanayotgan oqimlarning kritik tezligida texnik-ekspluatatsion sifati yaxshilangan engillashgan polimer reagenti asosda yuvuvchi suyuqliklarni hosil qiluvchi strukturalari isbotlangan;

Ustyurt va Buxoro neft`-gaz viloyatlaridagi konlarning murakkab geologik sharoitlarida quduqlarni muvaffaqiyatli burg‘ilashni amalga oshiradigan, yangi polimer reagentlar asosida tayyorlanadigan yuvuvchi suyuqliklarning me’yoriy-texnik asosi takomilashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonidagi asoratlarni bartaraf etish uchun samarali yuvuvchi suyuqliklarni ishlab chiqish natijalari asosida:

yangi engillashgan polimer reagenti asosidagi samarali yuvish suyuqligining tarkibi murakkablashgan sharoitda Janubiy Kemachi konidagi №89 va №154 quduqlarni burg‘ilashga joriy qilingan  («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 16 avgustdagi 16/2-58-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` va gaz quduqlarida loyihaviy chuqurlikkacha avariya va asoratlarsiz burg‘ilashni amalga oshirish imkonini bergan;

sirt faol moddalar  asosidagi polimer reagenti murakkab sharoitda Garmiston konidagi №21-raqamli quduqni burg‘ilashga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 16 avgustdagi 16/2-58-son ma’lumotnomasi). Natijada polimer reagent asosida quduqlarni mukammal ta’mirlash hamda neft` va gaz quduqlarini o‘zlashtirishda gilsiz yuvuvchi suyuqliklarni tayyorlash va kimyoviy ishlov berish imkonini bergan;

neft` va gaz quduqlarni burg‘ilash uchun engillashtirilgan yuvuvchi suyuqliklarni qo‘llash bo‘yicha texnik qo‘llanma ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 16 avgustdagi 16/2-58-son ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ilash ishlarini amalga oshirish va quduqlarni asoratsiz burg‘ilashdagi jarayonlarni xavfsiz olib borish va ekologiya talablarini ta’minlash imkonini bergan;

neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalariga stabilizator va gidrofobizator sifatida qo‘shiladigan gilli va tamponaj disperss sistemalariga ishlov berishga mo‘ljallangan OPR reagentini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartiga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 16 avgustdagi 16/2-58-son ma’lumotnomasi). Natijada OPR reagenti ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, keng miqiyosda joriy etish hamda neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish