Ablyazov Otabek Vaxabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel umurtqa stenozining turli variantlarida nur tashxisiy usullarini takomillashtirish», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib91.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Cheremisin Vladimir Maksimovich (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Sibir davlat tibbiyot universiteti Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nur tashxislash usullari yordamida bel umurtqa pog‘onasi suyak va yumshoq to‘qimalarining normal va patologik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish, nur tashxislashda bel umurtqa stenozi turli variantlarini yangicha o‘lchash usulini ishlab chiqish va tatbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel umurtqa stenozi og‘irlik darajasini baholashning yangi morfometrik standartlarini hisobga olgan holda sog‘lom shaxslar va UPB patologiyasi bilan bemorlar diagnostikasi radiologik (rentgenologik, KT va MRT) rasmiy kartasi takomillashtirilgan;
rentgenologik, KT va MRT tekshiruvlar yordamida bel umurtqalari tanasi, umurtqalararo disklar, umurtqa pog‘onasi kanali va umurtqalararo teshikning barcha anatomik ko‘rsatkichlarini o‘lchashning original usuli ishlab chiqilgan va morfometrik ko‘rsatkichlarning normal qiymatlari aniqlangan;
patologik o‘zgargan (onkopatologiya va degenerativ kasalliklar) bel umurtqa pog‘onasining ko‘ndalang kesimi yuzasini KT va MRT usullari yordamida o‘lchash usuli ishlab chiqilgan va standart morfometrik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab, uning ustunliklari aniqlangan;
standart nur morfometriyasi uchun etishib bo‘lmaydigan «ko‘r» zonalarning kasallik og‘irlik darajasini baholashga qo‘shish hisobiga o‘rganilayotgan anatomik elementlar chegarasini kengaytirish imkonini beruvchi markaziy va lateral stenozlarda umurtqa pog‘onasi kanalining yumshoq to‘qimali chegarasi, dural qop va umurtqalararo teshikni o‘lchashning MRT usuli ishlab chiqilgan;
KT va MRT usullari yordamida olingan morfometrik ko‘rsatkichlar va ko‘ndalang kesim yuzasi o‘lchovlari asosida bel umurtqa kanalining markaziy va lateral stenozi og‘irlik darajasining klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bel umurtqa stenozi bilan bemorlar diagnostikasi sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan «Umurtqa pog‘onasi bel sohasida umurtqa kanalini stenozlovchi jarayonlarning diagnostika usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun (IAP 05108-son) patenti olingan. Taklif etilgan usulning joriy etilishi bel umurtqalari tanasi, umurtqalararo disklar, umurtqa kanali va umurtqalararo teshik barcha anatomik o‘lchamlarini batafsil aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Bel umurtqalararo teshigi stenozining diagnostika usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun (IAP 05313-son) patenti olingan. Taklif etilgan usulning joriy etilishi bel umurtqa stenozida nur tashxisi sezgirligini 96% gacha, spesifikligini 98% gacha va umumiy aniqlikni 97% gacha oshirish imkonini bergan;
«Tibbiy vizualizatsiyaning zamonaviy usullari» o‘quv-metodik qo‘llanmasi va «Markaziy nerv sistemasi o‘smalarini tashxislash va davolash» klinik qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 sentyabrdagi 8n-d/54-son ma’lumotnomasi). Natijada umurtqa kanali stenozi diagnostikasi sifatini yaxshilash imkonini bergan;
umurtqa kanali stenozining diagnostikasi sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Toshkent shahri diagnostika markazi, Namangan shahrining «Saydana» OAJ QK klinikasi va Toshkent shahrining «Fedorocich Klinikasi» OAJ QK klinikasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 sentyabrdagi 8n-d/54-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bel umurtqa stenozi diagnostikasi sifatini 56,5% dan 80,9% gacha, erta tashxislash darajasini 15,5% dan 30,6% gacha yaxshilash imkonini bergan.