Akramova Shaxnoza Abrorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped25.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bahtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronboev Qahramon Qo‘chqarovich, siyosiy fanlar doktori; Islamov Ilyos Normamatovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy pedagogik jarayonning maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional, natijadorlikni baholash bloklari integratsiyasi asosida bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida korrupsiyaga qarshi pozisiyani tarbiyalashga yo‘naltirilgan mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy loyihalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak bojxona xizmati xodimlari mafkuraviy immunitetini rivojlantirishning kasbiy-mafkuraviy pozisiya mezoni motivatsion, kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlarni komplekslash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga oid kasbiy kompetensiyalar tizimi integrativ bog‘lanish, ikki o‘lchamli modellashtirish, rivojlanish dinamikasini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
bojxona xodimi professiogrammasini takomillashtirish bo‘yicha bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni shakllanganlik darajasini aniqlashning kasbiy-saralash bosqichlari, mazmuni, shakl, metodlarini yaxlit qamrab olgan holda elektron-modulli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bojxona xizmati xodimi professiogrammasini takomillashtirish yuzasidan bergan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015 yil 12 martdagi 58-son «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 5 martda 2659-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan qaror ijrosi to‘g‘risida»gi buyruq bilan tasdiqlangan Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 12 noyabrdagi 03-05/6-6621-son ma’lumotnomasi). Bu esa tizimga yosh nomzodlarni tanlash, xodimlarda mafkuraviy immunitetga oid bilim, ko‘nikmalar hamda burch, iroda, ma’suliyat kabi fazilatlarini shakllantirish, xodimlar tomonidan sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan huquqbuzarliklar, korrupsiya ko‘rinishlarining oldi olinishiga imkoniyat yaratgan;
bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning modeli va texnologiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 28 martdagi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Davlat bojxona xizmati organi xodimining odob-axloq qoidalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 12 noyabrdagi 03-05/6-6619-son ma’lumotnomasi). Ushbu qoidalarning joriy qilinishi natijasida bojxona organlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish, tarbiyaviy-profilaktik ishlarni kuchaytirish, shaxsiy tarkibning xulq-atvorini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak bojxona xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalaridan Davlat bojxona qo‘mitasi Hay’atining 2013 yil 25 dekabrdagi 4/3-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarini rivojlantirish konsepsiyasi»ning 6–8-ustuvor yo‘nalishlari ijrosi yuzasidan ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga, «Bojxona organlari kasbiy faoliyati psixologiyasi» va DBQ hududiy bojxona boshqarmalari va ularga tegishli postlar xodimlari uchun «Bojxona xodimining muomala madaniyati» o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 12 noyabrdagi 03-05/6-6619-son ma’lumotnomasi). Bu esa bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning uzluksizligi hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanilishiga imkon yaratgan;
bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida korrupsiyaga qarshi motivatsiya va mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga oid takliflardan Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 27 yanvardagi «2016–2017 yillarda korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan amaliy choralarning kompleks rejasini ijrosi to‘g‘risida»gi chora-tadbirlar rejalari ijrosini ta’minlashda «Bojxona xodimining kasbiy madaniyati», «Korrupsiya ko‘rinishlarini vujudga kelishining ijtimoiy-psixologik sabablari va ularni bojxona xodimlariga ta’siri» mavzulari doirasidagi anketa so‘rovnomalari va profilaktik metodik chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 12 noyabrdagi 03-05/6-6620-son ma’lumotnomasi). Bu esa bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida korrupsiya ko‘rinishlari va ularga qarshi pozisiyada munosabatda bo‘lishning ijtimoiy, huquqiy, siyosiy, maxsus sohalardagi ilmiy-amaliy jihatlaridan milliy hamda xalqaro qiyosiy tajribalar orqali bilim va ko‘nikmalarni nazariya-amaliyot tamoyili asosida egallashlariga erishilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilarida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish bo‘yicha bergan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 maydagi «Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va 2015 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida»gi 50-son majlis bayoni, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan 2016 yilda imzolangan hamkorlikdagi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2017 yil 4 yanvardagi 01/06-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilari mamlakatda bo‘layotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi, ijtimoiy faolligini oshirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarni mustaqil olib borish hamda hamkorlikda ijtimoiy-madaniy loyihalarni ishlab chiqishga erishilgan.