Abdullaev Abror Xushmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Malguzar tog‘larida (Lyaylyagun minerallashuv zonasi) oltinning joylashish kosmogeologik xususiyatlari va shartlari», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM99.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Asadov Akmal Ro‘zimurodovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lyaylyagun minerallashgan zonasida oltin ma’danli mineralizatsiyasini joylashish sharoitini aniqlash va kosmogeologik modelini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Malguzar tog‘larida shimoliy-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy yo‘nalishdagi er yoriqlari va ularni kesishgan zonalari, ma’danli asosiy komponentlari oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis va boshqalarining geokimyoviy oreollarini shakllanishi va joylashuv omillari aniqlangan; 
xududning kosmostrukturaviy tuzilishi asosan shimoliy-sharqiy lineamentlardan tashkil topishi aniqlangan hamda Shimoliy-g‘arbiy lineamentlar uzunligi (2-3 km -10 – km ortiq), va qalinligi bo‘yicha shimoliy-sharqiy lineamentlardan (200-300 m 2000 m), birnecha bor ustun turishi isbotlangan;
shimoliy-sharqiy lineamentlar va ularni shimoliy-g‘arbiy er yoriqlari bilan kesishgan zonalari sul`fidli minerallarni joylashishini nazorat qilishi asoslangan;
shimoliy-g‘arbiy ma’dan nazorat qiluvchi er yoriqlarini ajralish, siqilish va kengayish zonalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan oltin ma’danlashuvini hosil bo‘lishi shimoliy-sharqiy lineamentlar ta’sirida vujudga kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Malguzar tog‘laridagi oltin ma’danlashuvining geologik-strukturaviy va kosmogeologik sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lyaylyagun minerallashuv zonasining kosmostrukturaviy modeli  "Regionalgeologiya" DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabr 03-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda olib boriladigan geologik-qidiruv ishlar rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shimoliy-sharqiy chiziqli yoriqlardan, ularni shimoliy-g‘arbiy strukturalar bilan kesishish zonalari xaritasi "Regionalgeologiya" DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 03-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, shimoliy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy er yoriqlarining kesishgan zonalarida oltin minerallashuv zonalarini aniqlash imkonini bergan;
shimoliy-sharqiy yo‘nalishdagi chiziqli kosmostrukturalarda minerallashuvning joylashuvi bo‘yicha bashoratli uchastkalar kosmostrukturaviy sxemasi "Regionalgeologiya" DUK faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 03-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda oltinning metallogenik salohiyatini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish