Matkarimov Zaynobiddin Turdalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida keramik sirt koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T33.

Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Iskandarova Mastura Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida keramik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida tezkor kuydirish sharoitida olingan keramik koshinlarning fizik-mexanik xossalariga komponentlarning ta’siri aniqlangan;

keramik massa tarkiblarini sopolakda faza va struktura hosil bo‘lish jarayonini tezlashishiga komponentlarning ta’siri isbotlangan;

bir martalik pol koshinlarini kuydirish sharoitiga asoslangan ishlab chiqilgan texnologik parametrlarda faza tarkiblari hosil bo‘lishida talab etilgan xossalar aniqlangan;

mahalliy xomashyolar asosida sirt hamda pol koshinlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida tezkor kuydirish sharoitida ishlab chiqilgan keramik massa  tarkiblar va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ichki sirt va pol koshinlar olish uchun mahalliy va ikkilamchi xomashyolarni qayta ishlash texnologiyalari «ART GLOSS GALLERY» qo‘shma korxonasiga joriy qilingan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 7 fevraldagi MA-01/03-411-son ma’lumotnomasi). Natijalar ichki sirt va pol koshinlar ishlab chiqarish unumdorligini 20%ga oshirishga imkon bergan;

mahalliy xomashyolar asosida olingan massa tarkiblar «O‘zqurilishmateriallari» AJ tasarrufidagi keramik koshinlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga joriy etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 7 fevraldagi MA-01/03-411-son ma’lumotnomasi). Natijada keramik koshinlarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilashga, koshinning pishish temperaturasini 40Soga pasaytirib, ishlab chiqarish samaradorligini mavjud texnologiyaga nisbatan 18–22%ga oshirish imkonini bergan;

yaratilgan tarkib asosidagi keramik koshinlar olish texnologiyasi «ART GLOSS GALLERY» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 7 fevraldagi MA-01/03-411-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli, raqobatbardosh va import o‘rnini bosa oladigan sirt va pol koshinlar olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish